Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

 2017-06-17 10:23:00    1155

PDF yuklash
Chop etish


2015 yilning yanvar-martida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 284,3 mlrd. so’mni va 2014 yilning shu davriga  nisbatan 106,0 foizni tashkil qildi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 67,5 mlrd. so’mni (2014 yil yanvar-martiga nisbatan 105,9 foiz), chorvachilik mahsulotlari 216,8 mlrd. so’mni (106,1 foiz) tashkil etdi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 23,7 foizni, chorvachilik mahsulotlari 76,3 foizni tashkil qildi.

Dehqonchilik. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, barcha toifadagi xo’jaliklarda 2015 yil 1 aprel holatiga joriy yil hosili uchun qishloq xo’jalik ekinlarining umumiy maydoni 162 566 gektarni tashkil qildi.

Boshoqli don ekinlari bilan band bo’lgan ekin maydoni 118 860 gektar, paxta ekin maydoni 26 418 gektar, kartoshka 6 401 gektar, sabzavot ekinlari 7 568 gektar, poliz ekinlari 78 gektar, ozuqa ekinlari 3 241 gektar maydonni tashkil qildi.

Barcha toifadagi xo’jaliklarda 5 830 tonna sabzovot (109,6 foizga ko’p) yig’ib olindi, 229 tonna meva (131,4 foizga ko’p etishtirildi.

Chorvachilik. 2015 yilning 1 aprel holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 103,1 foizga (jami 930,7 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 102,4 foizga (346,3 ming bosh), qo’y va echkilar 103,9 foizga (799,6 ming bosh), otlar 102,0 foizga (8 488 bosh), parrandalar 108,0 foizga (3 657,1 ming bosh) ga ko’paydi.

2015 yilning yanvar-martida barcha toifadagi xo’jaliklarda 27,3 ming tonna tirik vaznda go’sht (o’tgan yilga nisbatan 105,9 foizga ko’p), 159,7 ming tonna sut (106,3 foizga ko’p), 56,7 mln. dona tuxum (111,4 foizga ko’p), 81 tonna jun 
(114,1 foizga ko’p), baliq 786 tonna (139,7 foizga ko’p) mahsulotlar etishtirildi.

Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (go’sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishning o’sishi asosan dehqon va fermer xo’jaliklari hisobiga bo’lib, go’sht ishlab chiqarish umumiy hajmida ularning ulushi 97,1 foizni, sut ishlab chiqarishda 99,4 foizni, tuxum ishlab chiqarishda 86,8 foizni tashkil etdi.

Fermer xo’jaliklari. Fermer xo’jaliklariga biriktirilgan umumiy qishloq xo’jaligi er maydoni 339 860 gektarni tashkil etib, har bir xo’jalikka o’rta hisobda 38,6 gektardan to’g’ri keldi.

2015 yilning 1 aprel holatiga fermer xo’jaliklarida 41,6 ming bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 13,8 ming bosh sigir, 38,1 ming bosh qo’y va echkilar, 1011 bosh otlar, 499,6 ming bosh parrandalar mavjud bo’lib, 2014 yilning yanvar-martiga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 105,9 foizni, qo’y va echkilar 99,7 foizni, otlar 110,7 foizni, parrandalar 102,0 foizni tashkil etdi.

Fermer xo’jaliklarida asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi:

yanvar-mart

2014 yil yanvar-martga nisbatan 
foiz hisobida

2014 y.

2015 y.

ming tonna

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz

ming tonna

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz

Go’sht, tirik vaznda

0,9

3,6

1,0

3,5

102,9

Sut

4,3

2,8

4,5

2,8

106,5

Tuxum, ming.dona

5492

10,8

6244

11,0

113,7

Jun, tonna

33

46,5

36

44,4

109,1