Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Demografiya va mehnat bozori

 2017-06-17 10:24:47    1050

PDF yuklash
Chop etish


Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2015 yilning 1 aprel holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3445,5 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 10,2 ming kishiga yoki 0,3 foizga ko’paydi.

Aholining tabiiy o’sishi 11,1 ming kishini tashkil etdi. 2015 yil yanvar-martda migratsiya saldosi, dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 
-0,4 ming kishini tashkil qildi.

Aholining tabiiy harakati 2015 yil yanvar-martda quyidagicha ifodalanadi:

ming kishi

har 1000 kishiga

2014 y.

2015 y)

o’sish, 
kamayish (-)

2014 y.

2015 y.)

Tug’ilganlar

14,8

15,4

0,6

17,7

18,1

O’lganlar

4,4

4,3

-0,1

5,2

5,1

shu jumladan bir yoshgacha bolalar

0,1

0,2

  0,1 

8,1

8,2

Tabiiy o’sish

10,4

11,1

0,7

12,5

13,0

Nikohlar

5,3

4,7

-0,6

6,3

5,6

Ajralishlar

0,8

0,8

0,0

0,9

1,0

2015 yil yanvar-martda tug’ilganlar soni 15,4 ming kishini tashkil qildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 0,6 ming kishi yoki 4,0 foizga ko’paydi, tug’ilish koeffitsienti 17,7 promilledan 0,4 promillega ko’paydi.

Tug’ilish darajasining ko’payishi viloyatning deyarli barcha hududlarida qayd etildi. Bu ko’rsatkichning yuqori darajasi Marg’ilon, Quvasoy (20,0 dan 19,0 promillega), Qo’qon (18,0 dan 17,0 promillega), Farg’ona (15,0 dan 14,0 promillega) shaharlarida, Uchko’prik (21,0 dan 20,0 promillega), Bog’dod, Toshloq (20,0 dan 19,0 promillega), Beshariq, Buvayda, Dang’ara, Farg’ona, va Furqat (19,0 dan 
18,0 promillega), Oltiariq, Qo’shtepa, O’zbekiston,  Quva, Rishton, So’x va Yozyovon (18,0 dan 17,0 promillega) tumanlarida kuzatildi.

2015 yil yanvar-martga nisbatan o’lganlar soni -0,1 ming kishiga yoki 2,3 foizga kamaydi. O’lganlar sonining kamayishi Qo’qon, Farg’ona, Marg’ilon (7,0 dan 6,0 promillega), Quvasoy (5,0 dan 4,0 promillega) shaharlarida, Dang’ara, Furqat, Qo’shtepa, O’zbekiston, Uchko’prik va Rishton (6,0 dan 5,0 promillega), Buvayda, Oltiariq, Beshariq, Quva, So’x, Toshloq, Farg’ona va Yozyovon (5,0 dan 4,0 promillega), Bog’dod (4,0 dan 3,0 promillega) tumanlarida  kuzatildi.

Eng ko’p o’lim hollari Farg’ona  shahrida (6,4 promille), eng kam o’lim holatlari Bog’dod tumanida kuzatildi (3,8 promille).

2015 yil yanvar-martda 4,7 ming ta nikoh ro’yxatga olindi, ajralishlar soni esa 0,8 ming tani tashkil qildi. Bu ming aholiga 5,6nikoh va 1,0 ajralishlar to’g’ri kelmoqda (2014 yil yanvar-martda mos ravishda 6,3 va 0,9).

Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2014 yil yanvar-martga nisbatan 1,4 foizga ko’payib, 1996,1 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 57,9 foizini tashkil qildi.

2015 yil yanvar-martda bandlikka ko’maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so’rab, 10368 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlar Farg’ona (805 kishiga), Qo’qon (859 kishiga) shaxarlarida, Uchko’prik (681 kishiga), Rishton(644 kishiga ), Beshariq (621 kishiga), Bag’dod (620 kishiga), Farg’ona (552 kishiga), Quva (573 kishiga), tumanlarida ko’p.

Bandlikka ko’maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 10033 nafari (barcha murojaat etganlarning 96,8 foizi) ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko’rsatkich Qo’qon (99,4 foiz), Farg’ona (95,5 foiz) shaharlarida, Uchko’prik (96,0 foiz), Beshariq 
(98,2 foiz), Rishton (93,5 foiz) va Bag’dod (95,5 foiz) tumanlarida yuqori darajada bo’ldi.