

.
.
Saytni baholash



Matnda xatolik ko'rdingizmi?
Sichqoncha bilan belgilab
Korxonalar va tashkilotlar faoliyatining umumiy ta’rifi1.2017
2017-06-18 15:30:41 916
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra,
2017 yilning 1 aprel holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 24988 tani tashkil qilib, shundan 24463 tasi yoki 97,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha ro’yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo 5410 ta (21,7 foizi), sanoat 4993 (20,0 foizi), qurilish 1920 ta (7,7 foizi), axborot va aloqa 1517 ta (6,1 foizi), qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi 1391 ta (5,6 foizi) sohalariga to’g’ri keladi.
2017 yilning 1 aprel holatiga ro’yxatga olingan hamda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
|
Ro’yxatga |
Faoliyat |
||
birlik |
yakunga nisbatan foizda |
birlik |
yakunga nisbatan foizda |
|
Jami |
24988 |
100,0 |
24463 |
100,0 |
shu jumladan: |
|
|
|
|
qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi |
1391 |
5,6 |
1357 |
5,5 |
sanoat |
4993 |
20,0 |
4903 |
20,0 |
qurilish |
1920 |
7,7 |
1887 |
7,7 |
savdo |
5410 |
21,7 |
5270 |
21,5 |
tashish va saqlash |
960 |
3,8 |
940 |
3,8 |
yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar |
1041 |
4,2 |
1021 |
4,2 |
axborot va aloqa |
1517 |
6,1 |
1483 |
6,1 |
sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish |
854 |
3,4 |
848 |
3,5 |
boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatish |
6902 |
27,5 |
6754 |
27,7 |
Ro’yxatga olingan korxonalar umumiy sonining 84,6 foizi nodavlat mulki shaklidagi korxonalar, shundan 38,2 foizi xususiy korxonalar, 0,8 foizi chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, 0,2 foizi aktsiyadorlik jamiyatlari, 45,4 foizi boshqa korxonalar ulushiga to’g’ri keldi.
Ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaxslar mulkchilik shakllari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
1 aprel holatiga,
umumiy soniga nisbatan foiz hisobida
2017 yil yanvar-martda jami 1364 ta yangi korxona va tashkilotlar ro’yxatga olingan (shundan kichik biznes sub’ektlari – 1337 ta). Ularning asosiy qismi Farg’ona shahar (viloyat bo’yicha ro’yxatga olingan jami korxona va tashkilotlarning (19,0 foizi), Qo’qon shahar (13,3 foiz), Marg’ilon shahar (10,5 foiz), Buvayda tumani (8,0 foiz), Quva tumani (6,7 foiz), Uchko’prik (4,6 foiz) tumanlariga to’g’ri keldi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha yangi ro’yxatga olingan korxona
va tashkilotlarning 33,5 foizi sanoat, 26,3 foizi savdo va 9,7 foizi qishloq, o’rmon va baliqchilik xo’jaligi sohalariga to’g’ri keladi.
Hisobot davrida 216 ta korxona va tashkilotlar faoliyati tugatilgan bo’lib, ulardan 60 tasi (jami faoliyati tugatilganlarning 27,8 foizi) ixtiyoriy tugatilish tartibini qo’llash orqali tugatilgan.
2017 yil yanvar-martda iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishda hamda aholi bandligi bo’yicha davlat va nodavlat sektorlarining nisbati quyidagicha ifodalanadi:
umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida