Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyatida 2017 yil yanvar-mart oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to’g’risida ma’lumot

 2017-06-23 17:11:58    1600

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 14 yanvarda bo’lib o’tgan mamlakatimiz Hukumati majlisida belgilab berilgan 2017 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirilishi joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyat asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining ijobiy o’sish sur’atlarini saqlash hamda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini izchil rivojlantirishda mustahkam asos bo’ldi.

 

I. Makroiqtisodiy o’zgarishlar

 

1. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar. Hisobot davrida deyarli barcha sohada yuqori o’sish sur’atlariga erishildi, jumladan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish chiqarish 105,1%ga hududiy sanoat (prognoz 115,0% - amalda 115,1%), halq iste’moli mollari (prognoz 108,0% - amalda 112,2%), yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari (prognoz 106,6% - amalda 106,7%), qurilish ishlari (prognoz 111,2% - amalda 112,2%), jami xizmatlar (prognoz 111,8% - amalda 112,6%) hajmlari sezilarli o’sdi.

Shundan kelib chiqib, viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi
3036,5 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 106,1 foizni tashkil etmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra tashqi savdo aylanmasi
271,7 mln. AQSh dollarini tashkil etib, shundan 106,6 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi kutilmoqda.

 

2. Moliyaviy holat.

Byudjet-soliq siyosati. Viloyat mahalliy byudjeti daromadlar prognoz ko’rsatkichi 405,7 mlrd. so’m bo’lib, haqiqatda 409,3 mlrd. so’mga bajarilishiga (100,8%) erishildi. 

Mahalliy byudjetning aniqlangan harajatlar rejasi esa
489,1 mlrd. so’m belgilanib, amalda 469,9 mlrd. so’mga (95,0 %) bajarildi.

Soliq va to’lovlar tushumi. Viloyatda soliq va to’lovlar tushumi yanvar-mart oylarida 409,3 mlrd. so’mga (118,4 %) bajarildi hamda rejaga nisbatan 3,6 mlrd. so’mdan ko’proq mablag’ byudjetga jalb etildi.

 

II. Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlarini rivojlanishi

 

1. Investitsiya siyosati. 2017 yil yanvar-mart oyida viloyatda barcha manbaalar hisobidan 497,0 mlrd. so’mlik mablag’lar o’zlashtirilgan. Jumladan, byudjet mablag’lari hisobidan 29,7 mlrd. so’m, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan 11,0 mlrd. so’m, korxonalar o’z mablag’lari hisobidan 170,0 mlrd. so’m, aholi mablag’lari hisobidan (yakka tartib uy-joy qurilishi, ichimlik suv va tabiiy gaz tarmoqlarini qurilishi va boshqalar) 185,6 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 58,9 mlrd. so’m hamda chet el investitsiyasi va kreditlari hisobidan 41,3  mlrd.so’mni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil
23 dekabrdagi PQ-2697-sonli “O’zbekiston Respublikasining
2017 yil Investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 14 ta yirik korxonalarga jami 150,8 mlrd. so’m, shundan korxona o’z mablag’lari hisobidan 37,4 mlrd.so’m, tijorat bank kreditlari hisobidan 70,3 mlrd.so’m va 43,0 mln.dollar to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirish ko’zda tutilgan.

Loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 310 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Shundan, joriy yilning 1 aprel kuniga qadar 36,1 mlrd.so’m (shundan 6,6 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 29,5 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan. Shundan Marg’ilon shaxridagi "Avtomobilict" XKda mevani qayta ishlashni tashkil etish loyixasi foydalanishga topshirilib 20 ta ish o’rinlari yaratildi.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2017 yilga hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi qarorga asosan viloyat bo’yicha 138 ta loyihalar kiritilgan bo’lib jami 357,3 mlrd. so’m miqdorida (shundan 134,7 mlrd. so’m o’z mablag’i, 207,4 mlrd. so’m bank krediti va 15,2 mlrd. so’m xorijiy) investitsiyalar o’zlashtirilishi va
4361 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Shundan, joriy yilning 1 aprel kuniga qadar 49,3  mlrd. so’m (shundan 27,8 mlrd.so’m jihozlarni sotib olishga, 11,3 mlrd.so’m qurilish montaj ishlariga va 10,2 mlrd. so’m boshqa xarajatlarga) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilgan. Natijada 1-chorak yakuni bilan 7 ta loyihalar foydalanishga topshirilib, 321 nafar ish o’rinlari yaratildi.

Jumladan, Quvasoy shahridagi “Optimal impuls” xususiy korxonasida mevani qayta ishlash sok maxsulotlari ishlab chiqarish, Qo’qon shaxridagi "Shaffof metan sanoat" MChJ shaklidagi qo’shma korxonasida avtomobillar uchun gaz balon ishlab chiqarish, Buvayda tumanidagi "XON BRICK FIELD" xususiy korxonasida g’isht ishlab chiqarish, Yozyovon tumanidagi "G’ayratli Istiqbol Sari" MChJda vata prima ishlab chiqarish,  Dang’ara tumanidagi "LITTLE XUSNIDDIN SHOES" MChJda poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish Beshariq tumanidagi "Abdulatif" XG’Kda meva sabzavot maxsulotlarini, kayta ishlash kuritish, saralash va qadoqlash, Quva tumanidagi "Tinchlik" KXIChFda sovutish omborini tashkil etish loyixalari foydalanishga topshirilgan

Pudrat ishlari. 2017 yil yanvar-mart oyi yakuniga ko’ra bajarilgan pudrat ishlari hajmi 453,8 mlrd. so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 112,2 foizni tashkil etmoqda.

Yo’l transport infratuzilmasi bo’yicha:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 mart kungi “2015-2019 yillarda yo’l-transport infratuzilmasi va muxandislik kommunikatsiyalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish Dasturi to’g’risida”gi PQ-2313 sonli hamda 2016 yil 23 dekabr kungi "O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risidagi" PQ-2697 sonli qarorlariga asosan Farg’ona viloyati hududidagi A-373 "Toshkent-O’sh" avtomobil yo’lining 208-274 km qismini aylanib o’tishda 0-15 km qismini rekonstruktsiya qilish ob’ekti kiritilgan bo’lib, 12.1 mlrd.so’m limit mablag’lari ajratilgan.

2017 yil 13 fevral kuni buyurtmachi Respublika yo’l jamg’armasi va pudratchi tashkilot Farg’ona KXSITFK korxonasi o’rtasida joriy yil uchun № 1G’34-17 sonli umumiy qiymati
15,0 mlrd.so’mlik pudrat shartnomalari rasmiylashtirilgan.   
2017 yil fevral oyida ob’ektni moliyalashtirish bo’yicha
1.2 mlrd.so’m avans mablag’lari ajratilgan. Ob’ektda qurilish-montaj ishlari boshlangan.

2017 yil yanvar-mart oylari rejasi 50.0 mln.so’m bo’lib, amalda 66.6 mln.so’mlik (133%) ishlar bajarilgan.

Bundan tashqari qo’shimcha tartibda 4R-17e “A-373 aG’yo’lidan Ko’qon shaxar aylanma yo’liga” avtomobil yo’lining 4-9 km qismini rekonstruktsiya qilish ob’ektini 2017 yil Investitsiya dasturiga kiritish bo’yicha Sharqiy XDAAYSITFK va Respublika yo’l jamg’armasi o’rtasida qo’shimcha kelishuvlar rasmiylashtirilmoqda.

Shuningdek viloyatning barcha  shahar va tuman markaziy ko’chalarini to’la va joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

2017 yil Investitsiya dasturi doirasida–27.0 mlrd.so’m mablag’ sarflanib viloyatdagi 257.0 km uzunlikdagi ichki yo’llarni ta’mirlash belgilangan.

Jumladan 13,483 mlrd. so’m (129,7 km)  mahalliy byudjet mablag’lari va 13,490 mlrd.so’m (127,3 km) Respublika yo’l jamg’armasi mablag’lari hisobidan ajratilishi ko’zda tutilmoqda.

Belgilangan hajmdagi yo’llarni o’z vaqtida ta’mirlash uchun tuman xokimliklari bilan birgalikda manzilli ro’yxatlar tuzilib, har bir qishloq posyolka ko’chalarini nomma-nom aniqlab chiqildi va unga kerakli qurilish materiallari miqdori hisoblanib, zahiralar to’planmoqda.

Loyiha-smeta hujjatlari asosida qaysi yo’lni qanday ta’mirlash belgilandi. Jumladan, joriy yilda viloyatda 257 km ta’mirlanishi belgilangan ichki yo’ldan 192 km tuproq yo’llar – shag’al va qattiq qoplamali yo’llarga, 45 km shag’al qoplamali yo’llar – asfaltobeton qoplamali yo’llarga o’tkaziladi, shuningdek, 20 km asfaltobeton qoplamali yo’llar joriy ta’mirlanadi.

Bugungi kungacha “Farg’onaavtoyo’l” XYFT tarkibidagi tuman yo’l xo’jaligi korxonalari tomonidan 160 km uzunlikdagi  tuproq qoplamali xo’jaliklaaro ichki yo’llarni shag’al qoplamaga o’tkazilib, shundan 60 km uzunlikdagi yo’llarga labaratoriya xulosalari olindi. Yo’l ishlari davom ettirilmoqda.

 

To’la ta’mirlash 2016 yildan 2017 yilga o’tuvchi ob’ektlar bo’yicha.

 

Farg’ona viloyati xududidagi Respublika yo’l jamg’armasi buyurtmachiligidagi  7 ta 2016 yildan 2017 yilga o’tuvchi ob’ektlarda joriy yil uchun pudrat shartnomalari rasmiylashtirilib ishlar amalga oshirilmoqda.

         Ushbu ob’ektlarning 2017 yil yanvar-mart oylari rejasi 390.0 mln.so’mni tashkil etib, amalda 810.4 mln.so’mlik
(208%) qurilish-montaj ishlari bajarildi. Jumladan:

1.      4r-112 “Farg’ona xalqasi” avtomobil yo’lining 223-227 km qismini to’la ta’mirlash ob’ekti yanvar-mart oylari rejasi
150,0 mln.so’m, amalda 339.4 mln.so’mlik (226%) ishlar bajarildi. (pudratchi-Farg’ona KXSITFK).

2.      4r-145 “Farg’ona aylanma yo’li” avtomobil yo’lining 0-9.4 k qismini to’la ta’mirlash ob’ktida yanvar-mart oylari rejasi
20,0 mln.so’m bo’lib, amalda 217.3 mln.so’mlik (1087%) ishlar bajarildi. (pudratchi-Farg’ona KXSITFK).

3.      A-373b “Qo’qon shaxriga kirish yo’li”ning 28-32 km qismlarini to’la ta’mirlash ob’ekti yanvar-mart oylari uchun reja topshiriqlari belgilanmagan. (pudratchi-Sharqiy XDAAYSITFK)

4.      Farg’ona TYXPTFKga qarashli ABZni to’la ta’mirlash ob’ekti yanvar-mart oylari rejasi 100.0 mln.so’m bo’lib, amalda 132.0 mln.so’mlik (132%) ishlar bajarildi. (pudratchi-Farg’ona TYXPTFK)

5.      4R-153 “Qo’qon-Mingtut-Aeroport-Sariqo’rg’on” yo’lini 0-3 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida yanvar-mart oylari rejasi
120.0 mln.so’m bo’lib, amalda 121.5 mln.so’mlik (101%) ishlar bajarildi. (pudratchi-Sharqiy XDAAYSITFK)

6.      4R-148a "Furqat temir yo’l stantsiyasiga shaxobcha" avtomobil yo’lining 21-23.6 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida yanvar-mart oylari uchun reja topshiriqlari belgilanmagan. (pudratchi-Bog’dod TYXPTFK)

7.      Bog’dod TYXPTFKga qarashli ABZni to’la ta’mirlash ob’ektida yanvar-mart oylari uchun reja topshiriqlari belgilanmagan. (pudratchi-Bog’dod TYXPTFK)

A-373 “Toshkent-O’sh” avtomobil yo’lining 241-242 km qismini to’la ta’mirlash ob’ektida (pudratchi-O’zbekiston TYXPTFK)
 2017 yilga qoldiq ish xajmlarini inventarizatsiya qilinib, qayta xisoblash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Muxtaram Prezidentimizning 2014 yil 18 iyul  PQ-2214-sonli «Farg’ona va Marg’ilon shaxarlari okava suv tizimlarini rekonstruktsiya kilish» loyixasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan Farg’ona va Marg’ilon shaxarlari kanalizatsiya tizimini rekonstruktsiya qilish loyixasi doirasida 2016-2018 yillarda jami 52,6 mln.AQSh dollar mablag’larni o’zlashtirish belgilangan bo’lib, bugungi kunda shaxarlardagi okava suv tizimlarini rekonstruktsiya kilish loyixasi bo’yicha ishlar olib borilmoqda(Loyiha muddati 2015-2018 yillar).

Bajarilayotgan ishlar: “Farg’ona va Marg’ilon shahri oqava suv tarmoqlari va nasos stantsiyalarini rekonstruktsiya qilish” Loyihasi bo’yicha.

 Farg’ona viloyat "Suvoqava” DUK Farg’ona shahar filiali ma’muriyat binosida qurilish montaj ishlari yakunlandi. Bino foydalanishga topshirildi.

Marg’ilon viloyat "Suvoqava” DUK Farg’ona shahar filiali ma’muriyat binosida qurilish montaj ishlari yakunlandi. Bino foydalanishga topshirildi.

KNS "Toshloq" binosida qurilish-montaj ishlari yakunlandi. Bino foydalanishga topshirildi.

KNS "Atlas" binosida qurilish-montaj ishlari yakunlandi. Bino foydalanishga topshirildi.

KNS "Vodstroy" binosida qurilish-montaj ishlari yakunlandi. Bino foydalanishga topshirildi.

Viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qurish, qayta qurish va modernizatsiyalash bo’yicha 2017 yilda quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan 

- 83,5 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish.

- 816 portga teng FTTx tarmoqlarini qurish.

- 116 ta Uzmobayl baza stantsiyalarini o’rnatish.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi ishlar bajarildi:

Optik tolali aloqa liniyalarini qurish bo’yicha - 5 ta ko’p qavatli uylarga FTTx loyihasi bo’yicha 1 km dan ortiq optik tolali aloqa kabellari yotqizildi.

Farg’ona viloyatining shaharlari jamoat joylari va ko’chalari nazoratini kuchaytirish uchun videokamera va kuzatuv qurilmalari o’rnatish bo’yicha Qo’qon shahrida 17,3 km OTAL tashkil etilib, 43 ta videokuzatuv kameralari o’rnatildi.

“O’zbektelekom” AK Farg’ona filialining 2017 yil manzilli dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha shahar, tuman prokuraturalariga 12,6 km OTAL tashkil etildi.

2017 yil 1-choragida amalga oshirilayotgan loyihalar va tarmoqni rivojlantirish maqsadida jami 30,9 km masofada optik tolali aloqa kabellarini yotqizish ishlari yakunlandi.

FTTx tarmoqlarini qurish bo’yicha - 5 ta ko’p qavatli uylarga

120 portga teng Switch qurilmalari o’rnatilib, ko’p qavatli uylarda keng polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Uzmobayl baza stantsiyalarini o’rnatish bo’yicha - “O’zbektelekom” AK “O’zmobayl” filialining  2017 yilda Farg’ona viloyati bo’yicha Farg’ona shahrida 5 ta, Marg’ilon shahrida 4 ta, Qo’shtepa tumanida
 2 ta, Farg’ona tumanida 1 ta, Uchko’prik tumanida 1 ta, Toshloq tumanida 1 ta, jami 14 ta GSM standartidagi baza stantsiyalar montaj qilindi va 10 tasi ishga tushirildi.

2017 yilda 22 dona CDMA standartidagi baza stantsiyalarni montaj qilinishi rejalashtirilgan bo’lib, hozirda Farg’ona tumanida 2 ta, Beshariq, Buvayda, Uchko’prik va Quva tumanlarida
1 tadan, jami 6 ta baza stantsiyalar montaj qilindi va ishga tushirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil
21 oktyabrdagi “2017-2021 yillarda
qishloq joylarda yangilangan loyihalar bo’yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to’g’risida”gi
PQ-2639-sonli qaroriga asosan
  2017 yilda viloyatni 15 ta tumanlarining 30 ta massivlarida jami 1228 ta (158,5 mlrd.so’mlik) uy-joylar qurilishi belgilangan.Jumladan,130 ta 2-qavatli
4-xonali 2 xonadonli uylar (4 sotixli), 254 ta 1 qavatli 3,4 xona 
6 sotixli uylar, 604 ta 1-qavatli 3 xonali (2 sotixli) uylar hamda 14 ta 2 va 3 qavatli 4-podezli 16 xonadonli uylar jami 240 ta
(120 tasi 3 xonali, 120 tasi 2 xonali) xonadonli uy-joylar qurilishi belgilanib, 107 ta pudrat tashkilotlari aniqlangan.

Farg’ona tumani, Mindonobod-5 massivida 42 ta (10 ta 2 sotixli,
2 ta 16 xonadonli) uy-joylarda qurilish montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Pudrat tashkilotlariga (reja 152,0 mlrd.so’m) 27,8 mlrd.so’m avans mablag’lari ajratildi va qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda ob’ektlarga  11148  ta ishchi xodimlar jalb etilgan.

Viloyatda 2017 yil dasturiga asosan 1228 ta uy-joylarda qurilish montaj ishlarini 2017 yil 1 iyunga qadar to’liq yakunlash bo’yicha zarur chora-tadbirlar qilinmoqda.

2017 yil dasturi doirasida 29,2 km. ichimlik suvi tarmoqlari,
19,2 km. avtomobil yo’llari, 24,1 km elektr tarmog’i va 27,2 km tabiiy gaz tarmog’i tortish bo’yicha pudrat tashkilotlari aniqlandi hamda muhandislik tarmoqlarini qurilishi ishlari 1 iyunga qadar yakunlanadi.

6 ta tumandagi qishloq massivlariga 11 ta bozor infratuzilmasi ob’ektlari  qurish uchun barcha tuman xokimlarining er tanlash bo’yicha qarorlari qabul qilindi.

Ishlab chiqarish loyihalari bo’yicha (PQ-2483):

Qarorga asosan viloyatda 2016-2018 yillar davomida jami 1901,9 ming dollar miqdorida mablag’lar o’zlashtirilib, 14 ta loyihalar foydalanishga topshirish belgilangan. Buning natijasida 283 nafar ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. 2016 yilda jami 1374,0 ming dollar investitsiyalar o’zlashtirilib, 235 ta ish o’rinlari yaratilgan. Natijada 6 ta loyixa foydalanishga topshirilgan.

Joriy yilda  7 ta ishlab chiqarish loyihasiga jami 1129,5 ming. dollar, shundan korxona o’z mablag’lari hisobidan 584,8 ming.dollar, tijorat bank kreditlari hisobidan 544,7 ming.dollar investitsiyalar o’zlashtirish belgilangan bo’lib, natijada 130 nafar ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan. Jumladan;

1.      O’zbekiston tumanidagi "GOLD GIPS CARD" MChJ tomonidan yiliga 37 ming kv.metr (Gipsokarton) qurilish materiallari ishlab chiqarishga 228,6 ming.dollar, shundan
114,3 ming.dollar o’z mablag’i, 114,3 ming dollar bank krediti sarflanishi xisobiga 10 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan. Hozirda korxona tomonidan qurilish montaj ishlari olib borilmoqda 30,0 mln.so’m mablag’ sarflangan. 2017 yilning 3-choragiga ishga tushirish rejalashtirilgan.

2.      Rishton tumanidagi "Vodiy Asl gishtlari" MChJ tomonidan yiliga 3 mln.dona Pishtgan gisht ishlab chikarishni kengaytirishga 140,6 ming dollar, shundan o’z mablag’i 84,4 ming dollar, tijorat bank krediti 56,3 ming dollar sarflanishi evaziga 30 nafar ish o’rinlari barpo etiladi. Hozirda korxona tomonidan qurilish montaj ishlari olib borilmoqda 15,0 mln.so’m mablag’ sarflangan. 2017 yilning
3-choragiga ishga tushirish rejalashtirilgan.

Qolgan 5 ta qurilish materiallar ishlab chiqarish loyihalari 2017 yilning 3 va 4 choraklarida ishga tushirilishi belgilangan.  2018 yilda 1 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 

2. Sanoat.

Viloyatda 2017 yilning 1-choragida 2252,9 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 105,1 foizni tashkil etdi.

2017 yilning yanvar-mart oylarida hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 1381,7 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 115,0 foizni tashkil etdi. Belgilangan prognoz ko’rsatkich bajarilishi ta’minlandi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida hududiy sanoat korxonalarining ulushi 6,2 foizni tashkil etdi.

Viloyatda yalpi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichning (104,3 %) 4,3 foiz oshig’i bilan bajarilishi ta’minlangan bo’lsada, Viloyatda 4 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish xajmi o’tgan yilga nisbatan 434,2 mlrd.so’mga pasaytirilgan. Jumladan,

Farg’ona shahridagi "Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi" UKda 2017 yilning yanvar-mart oylarida 313,4 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, pasayish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 93,0 foizga teng bo’ldi Reja-topshiriqni bajarilmagani va o’sish sur’atiga erishilmaganini asosiy sababi import xom ashyoni rejaga nisbatan kam olib kelinganligi va import xom ashyolarini moliyalashtirish uchun valyuta mablag’larining etishmaganligi, xamda reja-topshiriqda belgilangan 100,0 ming tonna miqdoridagi tolling asosida  chetdan xom ashyoni jalb qilishning imkoni bo’lmaganligidir.

“Farg’onaazot” aktsionerlik jamiyati joriy yilning
1-choragida 86,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqilib, o’sish sura’ti 61,0 foizni tashkil etgan hamda ishlab chiqarish hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 55,1 mlrd.so’mga pasaygan. Buning asosiy sababi “Uztransgaz" AK tomonidan qish mavsumiga aholini gaz bilan ta’minlash maqsadida korxonaga gaz ta’minoti etarli darajada bo’lmaganligi sabab bo’ldi. Korxona amiak tsexida
23 fevral kuni texnik nosozlik tufayli to’xtatilgan va 17 mart kunidan faoliyat boshladi.

"UZ HANGWOO ENGINEERING" QK 2017 yil 1-choragida
911,7 mln.so’mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 70,4 foizni tashkil etdi. Asosiy burtmachi "GM Uzbekistan" buyurtmasi bo’yicha texnologiya qolip tayyorlash uchun xom-ashyo yo’qligi sababli korxona to’liq quvvat bilan Ushbu korxonalardagi kamayish bir necha dasturlardagi yangi amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalari hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanish hisobiga qoplanmoqda. Xususan, 2017 yilning yanvar-mart oylarida "UZSUNGWOO" qo’shma korxonasida 13,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati 666,9 foizni, Qo’qon shahridagi “Indorama Kokand tekstil” qo’shma korxonasida 75 mlrd. so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati 141,1 foizni tashkil etdi.

"Farg’ona kimyo zavodi" MChJ 2017 yil 1-choragida
206 mln.so’mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etdi. Paxta Korxona Respublika xom-ashyo birjasida paxta linti narxi keskin oshganligi sababli xom-ashyo sotib olmadi. Shu sababli mart oyida faoliyat ko’rsatmagan.

Viloyatda 2017 yilning yanvar-mart oylarida 36 ta yirik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatdi.

Viloyatda 15 dan ortiq tarmoqlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, hisobot davrida engil sanoatda o’sish
115,1 foizga yoki 663,7 mlrd.so’mlik, elektrotexnika sanoatida
107,4 foizga yoki 89,7 mlrd.so’mlik, un-krupa va kombikorma sanoatida 105,5 foizga yoki 58,0 mlrd. so’mlik, oziq-ovqat sanoatida 103,6 foizga yoki 472 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bundan tashqari, bir qancha muhim turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sishga erishildi.

2017 yil yanvar-mart oylarida 866,3 mlrd. so’mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarildi va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,2 foizni tashkil etdi.

 Jami halq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmida nooziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish 329,4 mlrd.so’mni, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 518,3 mlrd. so’mni, vino-aroq va pivo ichimliklari ishlab chiqarish esa 18,6 mlrd.so’mni tashkil qildi.

Mahalliylashtirish dasturi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to’g’risida” PQ-2298-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 dekabrdagi “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va  materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2698-sonli qarorlariga asosan mahalliylashtirish dasturiga jami hududiy tassarufdagi 21 ta sanoat korxonalarida 28 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Korxonalarda dastur asosida bolalar yumshoq o’yinchoqlari, elektr choynaklar, isitish batareyalari, izolyatsiya plyonkasi, kimyoviy dori sepish apparatlari, shokolad, kandolat mahsulotlari, bolalar maktab sumkalari, quyultirilgan sut, quruq sut, bolalar velosipedlari, “Dji-Em O’zbekiston” avtomobillari uchun xavo filtrlari, rezina granulalari kabi yana boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Viloyatda 2017 yilning 1 choragida hududiy tasarrufdagi 28 ta loyihalarda 7.48 mlrd. so’mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Shundan 3,6 mlrd. so’mlik mahsulotlar sotilib. Natijada 2.1 mln. dollar miqdorida valyuta zahirasini tejashga erishildi.

 

V. Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish.

Viloyatda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, yuridik, konsalting, mexmonxona, internet xizmatlari, sug’urta, moliya va bank sohasidagi yangi va zamonaviy xizmat turlarining hamda bugungi kunda soha vakillarining ko’payayotganligi bunga yorqin misol bo’la oladi. Natijalar esa o’z navbatida sohadagi raqobat muhitining shakllanishiga, aholi arzon hamda sifatli xarid va xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 1450,7 mlrd.so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,6 foizga o’sishga erishildi.

2017 yilning 1-choragida jami 128 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari tashkil etilishi belgilangan bo’lib, amalda 151 ta maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlari foydalanishga topshirildi va 1200 ga yaqin mehnat yoshidagi aholi doimiy ish o’rniga ega bo’ldi.

2017 yilning 1-choragi davomida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan jami 7821 mln.sum miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari  ajratildi.

Chakana savdo aylanmasi. Viloyatda hisobot davrida chakana savdo aylanmasi hajmi 1829,7 mlrd. so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati o’tgan yilga nisbatan 112,3 foizga teng bo’ldi. Aholi jon boshiga to’g’ri kelgan savdo hajmi esa 511,8  ming so’mni tashkil etdi.

Transport va aloqa. 2017 yilning yanvar-mart oylarida viloyat bo’yicha barcha transport turlarida 30,6 mln.tonna yuklar tashildi va o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 102.2 foizni tashkil etdi.

Jumladan, avtomobil transportida yuk tashish 29,2 mln. tonnani va o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish 103,5 foizni tashkil etdi.

Viloyatda 2017 yilning yanvar-mart oylarida barcha transportlarda yuk aylanmasi 709.2  mln.tG’kmni, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 116,4 foizni tashkil qildi. Bu o’sish temiryo’l transportida yuk aylanmasining 223.4 mln.tG’kmni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 191,6 foizni tashkil etganligi hisobiga bo’lmoqda.

Yo’lovchilar tashish miqdori barcha transport turlari bo’yicha 148,5 mln. kishini va o’tgan yilning mos davriga nisbatan
106,3 foizni tashkil etmoqda. Bu o’sish asosan avtomobil transportida yo’lovchi tashish hajmini 148,1 mln. kishini va o’tgan yilning mos davriga nisbatan 106,7 foizni tashkil etganligi hisobiga kuzatilmoqda.

Hisobot davrida transportlarda yo’lovchi aylanmasi
1984,1 mln. yo’lG’kmni va o’tgan yilning mos davriga nisbatan
107,9 foizni tashkil etgan. Shu jumladan, avtomobil transportida yo’lovchi aylanmasi 1928,6 mln. yo’lG’kmga yoki 105,7 foizga o’sishga erishildi.

Transport xizmatlarining o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sishni ta’minlanishi o’z navbatida olingan daromadlar hajmini ortishiga olib keldi. Jumladan, yo’lovchi tashishdan daromad 141,5 mlrd. so’mni va o’sish 124,4 foizni tashkil etdi. Bu asosan avtotransport xizmatidan olingan daromadlar hisobiga bo’lib, joriy davrda bu ko’rsatkich avtomobil transportida 132,9 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 116,1 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, hisobot davrida yuk tashishdan olingan daromad
174,4 mlrd.so’mni va o’tgan yilning mos davriga nisbatan
126,4 foizni tashkil qilmoqda. Jumladan, avtomobil transportida yuk tashishdan olingan daromad 115,1 mlrd.so’mni va o’sish
107,2 foizni tashkil etmoqda.

Viloyatda hisobot davrida 115,8 mlrd. so’mlik aloqa xizmatlari ko’rsatilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 105.4 foizni tashkil qilmoqda. Shundan, aholiga ko’rsatilgan aloqa xizmatlari 98,6 mlrd. so’mdan iborat bo’lib,  o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 114,1 foizga teng bo’lmoqda.

 

III. Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash

va rivojlantirish

 

Viloyatda 2017 yil 1 choragida viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida barcha sohalarda belgilangan Dasturlar doirasida muhim vazifalarni bajarilishini ta’minlash, raqobatbordosh va bozor talablariga mos bo’lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada keng yo’lga qo’yish, eksport salohiyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini arzon va sifatli bo’lgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’ldirish, narh-navoning barqarorligini ta’minlash hamda pirovardida aholining real daromadlarini oshirish borasida belgilangan chora-tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar olib borildi. Jumladan;

Yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi amaldagi baholarda 377,4 mlrd. so’mga yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 43,9 mlrd. so’m (106,7%)ga ko’p bajarildi. 

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 76,2 foizi yoki 287,6 mlrd. so’mligini chorvachilik mahsulotlarini hamda 23,8 foizi yoki
89,8 mlrd.so’mligini dexkonchilik mahsulotlarini tashkil etdi.

Yalpi mahsulot ishlab chiqarishda fermer xo’jaliklari ulushi 4,2 foizni, dehqon xo’jaliklarining ulushi esa 95,8 foizni tashkil etdi.

Paxtachilik. Hukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va amaliy yordamlar viloyatimizda paxtachilik sohasida kutilgan natijalarga erishishimizda katta zamin yaratmoqda.

2015 yilda jami 100,1 ming gektar er maydoniga paxta ekish rejalashtirildi. Joriy yilda paxta hosilini avanslash maqsadida tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga paxta etishtirish uchun 151,7 mlrd. so’mlik imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi.

2017 yilda jami 97,8 ming gektar er maydoniga paxta ekish belgilanib, jami 274,0 ming tonna yalpi xosil olish ko’zda tutilgan.

O’tgan yilda 2017 yil paxta hosilini avanslash maqsadida  tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga paxta etishtirish uchun 141,1 mlrd. so’mlik imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi hamda paxta etishtirish uchun  sof xolda 22,2 ming tonna azotli, 4932 tonna fosforli va 1479 tonna kaliyli o’g’itlar etkazib berildi.      

Hisobot davrida jami  236,4 ming tonna paxta etishtirildi.

G’allachilik.  G’allachilik sohasida viloyatda erishilayotgan yutuqlar zamirida sohada alohida tizim yaratilganligi, ko’p yillik to’plangan boy tajriba, urug’chilikka berilayotgan e’tibor va agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida to’g’ri tashkil etilayotganligi turibdi.

Viloyatda 2015 yilda fermer xo’jaliklari tomonidan
111,7 ming gektar er maydonlariga boshoqli don ekildi. G’alla hosilini avanslash maqsadida tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga g’alla etishtirish uchun  52,5 mlrd. so’mlik imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi.

Fermer xo’jaliklari uchun shartnoma asosida g’alla etishtirish uchun 11,4 ming tonna azotli o’g’itlar, 44 ming tonna fosforli va 632,5 tonna kaliyli o’g’itlar etkazib berildi.

Viloyatda fermer xo’jaliklariga 2017 yilda jami 111,7 ming gektar er maydoniga galla ekish belgilanib, jami 653,5 ming tonna yalpi xosil olish ko’zda tutilgan.

G’alla hosilini avanslash maqsadida  tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga boshoqli don etishtirish uchun
56,6 mlrd. so’mlik imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi hamda  sof xolda  25,5 ming tonna azotli, 4322 tonna fosforli va 211 tonna kaliyli o’g’itlar etkazib berildi.

Jami ekilgan boshoqli don maydonlaridan 751,9 ming tonna boshoqli don etishtirish, shundan Davlatga don sotish rejasi esa 284,3 ming tonna  belgilangan bo’lib, 2017 yil xisobot davrida barcha toifadagi xo’jaliklarida jami 755,5 ming tonna boshoqli don ishlab chiqarilib, o’rtachacha xosildorlik 61,7 tsG’gani tashkil etdi. Davlatga 303,2 ming tonna don sotildi. Davlatga boshoqli don sotish rejasi 107,0 foizga bajarildi.

 

Oziq-ovqat Dasturlari ijrosi bo’yicha.

 

Viloyatda Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini  barqaror  ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari hajmlarini ko’paytirish va ichki iste’mol bozorini to’ldirish maqsadida meva-sabzavot, kartoshka, go’sht, sut, tuxum, asal, baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularni saqlash, qayta ishlashni yo’lga qo’yish bo’yicha manzilli Dasturlar asosida ishlar olib borilmoqda.

 

 

Viloyatda 2017 yilda jami 75,5 ming gektar maydonlarning 38265 gektarga sabzavot, 11088 gektariga kartoshka, 5534 gektariga poliz ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari bugungi kunda viloyatimizda 42,2 ming gektar bog’ va 6,9 ming gektar uzumzorlardan jami 2 mln. 405 ming tonna hosil olish rejalashtirilgan, shundan 545 ming tonna meva, 1 mln. 138 ming tonna sabzavot, 440 ming tonna kartoshka, 140  ming tonna poliz,
135 ming tonna uzum maxsulotlari etishtirish hajmlari belgilangan.

Etishtirilgan jami 2 mln. 405 ming tonna mahsulotlarning
220 ming tonnasi qayta ishlashga, 180 ming tonnasi eksportga,
 84,2 ming tonnasi urug’likka va qolgan 1920,8 ming tonnasi ichki iste’mol va zaxiraga yo’naltirilishi rejalashtirilgan.

Erta bahorda asosiy maydonlarga jami 38,3 ming gektarga qishloq ho’jaligi mahsulotlarini (shundan 21,6 ming gektarga sabzavot, 5,5 ming gektarga poliz, 11,1 ming gektarga kartoshka) ekishni rejalashtirganmiz.

Hozirgi kunda ekinlarni ekish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash bo’yicha barcha imkoniyatlarimizni ishga solgan holda tizimli tadbirlarni olib bormoqdamiz.

Shuningdek, plyonka ostiga sabzavot va kartoshka ekish ishlarini yakunladik. Jami 2828 gektar (rejaga nisbatan 101,0%), shundan
2677 gektar maydonga plyonka ostiga sabzavot (101,0%), 151 gektar maydonga kartoshka (100,9%) ekinlari ekildi.

Hozirgi kunda ekilgan ekinlarni o’z vaqtida parvarishlash bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Aholi tomorqalaridan foydalanish.

Hukumatimiz tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni ko’paytirish yuzasidan yaratilgan tizim asosida birinchi navbatda, viloyatimizda aholi tomorqalari va dehqon xo’jaliklari erlaridan samarali va unumli foydalanishni keng yo’lga qo’yilganligi o’zining katta samarasini bermoqda.

 

Viloyatining 724 ming ta xonadonlariga tegishli bo’lgan aholining shaxsiy tomorqa xo’jaliklarining 41,0 ming gektar tomorqalarining 3,5 ming gektariga g’alla, 18,1 ming gektariga sabzavot, 6,0 ming gektariga kartoshka, 1,9 ming gektariga poliz, 1,5ming gektariga dukkakli va qariyb 10 ming gektariga ozuqa ekinlarining ekilishi hisobiga 17,4 ming tonna g’alla, 552,8 ming tonna sabzavot, 169 ming tonna kartoshka, 37,3 ming tonna poliz,
9,2 ming tonna dukkali donlar, 91,1 ming tonna meva,

87,3 ming tonna uzum, 147,5 ming tonna ozuqa ekinlari etishtirish ko’zda tutilgan.

Hozirgi kunda aholi tomorqalarining asosiy maydonlarda
18,3 ming gektar sabzavot, 2,0 ming gektar poliz, 5,7 ming gektar kartoshka, 1,5 ming gekar dukkali don, 9,9 ming gektar maydonlarda ozuqa ekinlarini ekish ishlari olib borilmoqda.

 

Muzlatkichli kameralar qurish bo’yicha

Viloyatda 2017 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash hisobiga ichki iste’mol bozorlarini arzon va sifatli meva-sabzavot mahsulotlari etkazib berish uchun yangi sovutkichli sig’imlarni qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo’yicha Manzilli Dustur ishlab chiqildi.

Dasturga asosan joriy da jami 27 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan 19,5 ming tonna sig’imdagi yangi muzlatkichli kameralar tashkil etilishi belgilandi.

Ushbu maqsadlar uchun jami 20,6 mlrd.so’m shundan o’z mablag’idan
34 mlrd.so’m, tijorat banklari hisobidan 21 mlrd.so’m sarflanishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunga kulib, 2017 yilda amalga oshirilishi belgilangan loyihalarning 12 tasining ishga tuirilishi evaziga umumiy sig’imi
7050 tonnali omborxonalar tashkil etilib, mazkur maqsadlar uchun jami 3049 ming dollar (yoki 9,8 mlrd. so’m) miqdoridagi mablag’larlar sarflandi.

Xozirgi kunda qolgan 15 ta loyixalar bo’yicha tarmoq jadvallari bo’yicha qurilish ishlari olib borilmoqda.

 

Chorvachilik bo’yicha.

   So’nggi yillarda chorvachilikda naslchilk ishlarini rivojlantirish, sun’iy urug’lantirishni keng joriy etish, ozuqa bazasini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga etarli shart-sharoitlarni yaratib berilayotganligi sohada chorva bosh sonlarini oshirishga hamda mahsulotlar hajmini ko’paytirishga katta zamin yaratmoqda. Masalan,

2017 yild 1 choragida: qoramollar bosh soni 1012,6 ming bosh (103,6%), jumladan, sigirlar bosh soni 358,5 ming bosh (100,6%), qo’y-echkilar 834,1 ming boshga (102,6%), parrandalar bosh soni 5455,8 ming boshga (132,7%) boshga etkazildi.

Qoramolchilikni rivojlantirish bo’yicha jami 60 ta loyihada 1090 bosh qoramol tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 5,7 mlrd. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 7,9 mlrd. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 360 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha belgilangan dasturlarga asosan 6 ta loyihada 17 ming bosh parranda boqish tashkil etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 200 mln. so’m, tijorat banklari kreditlari hisobidan 70 mln. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 35 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha viloyat bo’yicha jami
1 ta loyiha amalga oshirilib, unda jami 1 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 100 mln. so’m mablag’lar sarflandi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 5 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Asalarichilikni rivojlantirish bo’yicha 1 ta loyiha amalga oshirilib, unda 150 dona asalari uyalari tashkil etildi. Asalari xo’jaliklarini tashkil etishga jami 30 mln. so’m mablag’lar  sarflandi. Loyihani amalga oshirish hisobiga 2 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Issiqxonalar tashkil etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 4 ta loyihalar amalga oshirilib, ularda jami 2 gektar er maydonlariga issiqxonalar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 224 mln. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 666 mln. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida
22 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Intensiv bog’lar tashkil etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami
4 ta loyiha amalga oshirilib, unda jami 19,4 gektar er maydonlariga intensiv bog’lar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 1 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 583 mln. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida
30 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Tokzorlar barpo etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 5 ta loyihalar amalga oshirilib, ularda jami 36 gektar er maydonlariga ko’llar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 4,1 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 4,1 mln. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 52 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Muzlatkichli kameralar barpo etish bo’yicha viloyat bo’yicha jami 4 ta loyihalar amalga oshirilib, unda jami 3000 tonna quvvatlar tashkil etildi. Loyihalarni amalga oshirish  uchun loyiha tashabbuskorlari tomonidan 2,1 mlrd. so’m mablag’lar sarflanib, tijorat banklari tomonidan 3,6 mln. so’m kredit mablag’lari ajratildi. Loyihani amalga oshirilishi natijasida 42 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

 

IV. Uy-joy va kommunal xo’jaligidagi islohotlar

 

Tezkor ma’lumotlarga ko’ra 2017 yil yanvar-mart oylarida viloyatda kommunal to’lovlardan bo’lgan jami debitor qarzdorlik 1221,0 mlrd. so’mni (shundan aholi qarzdorligi 924,4 mlrd. so’m) tashkil etdi. Yil boshiga nisbatan umumiy qarzdorlik 64.9 mlrd. so’mga ortgan. Jumladan:

- tabiiy gaz ta’minoti bo’yicha jami qarzdorlik 426.6 mlrd. so’mni (shundan aholi 403.6 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 14,4 mlrd. so’mga;

- elektr energiyasi bo’yicha umumiy qarzdorlik 780.8 mlrd. so’mni (shundan aholi 508,0 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 50,7 mlrd. so’mga;

- issiqlik ta’minoti bo’yicha qarzdorlik 0,8 mlrd. so’m (shundan aholi 0,4 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 0,3 mln. so’mga) ortgan.

 - ichimlik va oqava suv bo’yicha qarzdorlik 12,8 mlrd. so’mni (shundan aholi 12,0 mlrd. so’m) tashkil etib, yil boshiga nisbatan qarzdorlik 130,0 mln. so’mga kamaygan;

Surunkali kommunal to’lovlardan bo’lgan qarzlarini to’lamayotgan, kommunal xo’jalikdan foydalanish qoidalarini buzgan va noqonuniy ravishda foydalanayotgan iste’molchilarga nisbatan qonun doirasida tegishli choralar ko’rilib, tarmoqdan uzib qo’yilmoqda.

Aholi yashash punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Respublika byudjet mablag’lari xisobidan 82 ta
(15,3 mlrd.so’m) qishloqlarda yangi  tarmoqlar tortilib, mavjudlari rekonstruktsiya qilinishi natijasida, 46 mingdan ziyod aholini ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishiga erishish ko’zda tutilgan

 

 

V. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlanishi

 

2017 yilning 1-choragida dastlabki tahlilar asosida viloyat tashqi savdo aylanmasi 270,9 mln. AQSh dollarini, shundan mahsulot eksporti 105,8 mln. AQSh dollarini, importi esa 165,1 mln. AQSh dollarini tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -59,3 mln. AQSh dollari xajmida  yakunlanmoqda.

O’tgan yilning 1-choragiga nisbatan viloyat tashqi savdo aylanmasining o’sishi 91,2 foizni, mahsulot  eksporti 116,9 foizni,  importi 80 foizni tashkil etmoqda.

Tashqi savdo aylanmasi prognozi 102,2 foizga, eksport prognozi 101,2 foizga, import prognozi 103 foizga bajarilmoqda.

Eksport tuzilmasida o’tgan yilning 1-choragiga nisbatan paxtadan tayyorlangan mahsulotlar eksporti 127,4 foizga, qora va rangli metallar 2 martaga, mashina va uskunalar 105,3 foizga o’sdi.

Shu bilan birga, kimyo mahsulotlari eksporti (75%), energiya resurslari (53,1%), xizmatlar eksporti (9%) kamaydi.

Import tuzilmasida esa korxonalarni qayta jihozlash xisobiga qora va rangli metallar 150,5 foizga, energiya resurslari 161,2 foizga, xizmat ko’rsatish 119,1 foizga, boshqa mahsulotlar importi 2 martaga ortdi.

Shu bilan birga, oziq-ovqatlar (99,3%), kimyo mahsulotlari (92,6%) kamaydi.

Viloyat tasarrufidagi korxonalarga 2017 yil 1-choragi uchun
18,8 mln.dollarlik eksport prognozi belgilangan bo’lib, xaqiqatdan 18,9 mln.dollarga yoki 100,5 foizga bajarilmoqda.

Xududiy eksport prognozini bajarilishini ta’minlash va uning xajmini kengaytirish maqsadida modernizatsiya qilingan korxonalarda eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, yangi eksporter korxonalarni aniqlash, eksport uchun shart sharoitlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, Quvasoy shahri, Beshariq, Bog’dod, Uchko’prik, Quva va O’zbekiston tumanlarida eksportga qo’shimcha korxonalarni jalb etishga ko’maklashildi.

O’tgan yilning mos davrida xududiy korxonalardan 57 tasi, bu yil esa 102 tasi chetga mahsulot chiqardi va ularning soni 45 taga ortdi. Eksportga mahsulot chiqarayotgan korxonalar soni Quvasoy shahrida 4 taga, Marg’ilon shahrida 7 taga, Farg’ona shahrida 8 taga, Qo’qon shahrida 8 taga, Beshariq va Uchko’prik tumanlarida 3 tadanga, Rishton tumanida 4 taga,  Bag’dod, Dang’ara, Toshloq, Quva,  O’zbekiston tumanlarida 2 tadanga ko’paydi.

O’tgan oylarda eksport faoliyatiga 16 ta yangi sanoat korxonalari jalb etilib, (Quvasoy shahridagi “Quvasoy Osiyo zamini” MChJ-15,5 ming doll., YaTT “Raxmonov X.”, “Ma’mirov B. -1 ming doll. Marg’ilon shahridagi “Nurli Diyor Yog’dusi” MChJ -14,3, “Asil ipak gilamlari” MChJ 10 ming doll., “Shoirabegim Adrasi” MChJ -2,1 ming doll., Farg’ona shahridagi “Bastion trayding” MChJ 9,4 ming doll., “Vodiy kimyo sanoat” MChJ 13,4 ming doll., Qo’qon shahridagi “Galaksi tekstil” MChJ 12,6 ming doll., Besharik tumanidagi “Beshariq momiq fayz” MChJ 8,5 ming doll., Bog’dod tumanidagi YaTT “Axmatqulov B” 253 ming doll., Quva tumanidagi YaTT “Parpiev R” 16,2 ming doll., FX “Bog’bon I” 13,7 ming doll.,  Rishton tumanidagi YaTTlar: “Bobojonov A., Axmadjonov N., Voxidov E., jami -37,7  ming doll.) 407,4 ming doll. sanoat mahsulotlari eksport qilindi. Ushbu yangi eksporterlarning 8 tachi modernizatsiya va texnik qayta ta’mirlanib, eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalardir.

Korxonalar tomonidan chiqarilayotgan mahsulot turlari va sifatiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada 7 ta korxona tomonidan yangi turdagi trikotaj, noto’qima mato, poyabzal, plastmassa uy-ro’zg’or buyumlari va keramik idishlardan 107 ming dollarlik eksport qilindi.

Eksportga yangi jalb etilgan korxonalarning 6 tasi 2016 yilda modernizatsiya qilinib, eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan korxonalardir.

Shunday bo’lsada viloyatning ayrim xududlarida eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash, ulardagi mavjud muammolarni to’liq xal etish kabi ishlar to’liq bajarilmadi. Natijada, eksport prognozini Quvasoy shahri (12,5%), Oltiariq tumani (17,2%), Toshloq tumani (38,1%), Furqat tumani (21,6%) va Farg’ona tumani (37,3%) bajarmadi.

Eksportni diversifikatsiyalash, eksport geografiyasini kengaytirish borasida xorijiy kompaniyalar, bojxona, eksportga ko’maklashuvchi bozor infratuzilmalari, korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan xamkorlikda amaliy ishlar olib borildi. Natijada, 2017 yilning 1-choragida xududiy korxonalar tomonidan 29 ta davlatga mahsulot eksport qilinib, ularning soni o’tgan yilning 1-choragiga  nisbatan 4 taga ortdi. Xamkorlik qilinayotgan xorijiy kompaniyalar soni 7 taga ko’paydi. 

Joriy yilning 2-choragida jami 52,1 mln.dollarlik, shundan sanoat mahsulotlari 6,2 mln.dollarlik va meva-sabzavotlar
45,9 mln.dollarlik eksportni amalga oshirilishi belgilangan.

Ushbu ko’rsatkichni bajarish maqsadida korxonalar tomonidan tuzilgan eksport shartnomalari, mahsulotlar sifati va xorijiy davlatlar bozoridagi narxlar qayta tahlil etib chiqilmoqda.

Eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltiriladigan korxonalarga investitsiyalar kiritish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etish, mablag’ konvertatsiyasi bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarni xal etish ishlari tashkil etilmoqda.

         Viloyatda 2017 yil 1 aprel holatiga ro’yhatdan o’tgan xorijiy investitsiyali korxonalar soni 170 tani tashkil etib, o’tgan yilning
1-choragiga nisbatan 17 taga ortdi.

Korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan va xizmatlar xajmi 386,6 mlrd.so’mni tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 117,5 foizga o’sdi.

Viloyat yalpi sanoat mahsulotidagi ulushi 21,7 foizdan
23,1 foizgacha ortdi.

Qo’shma korxonalarning eksportida o’sish 122,7 foizni, importida esa 90,8 foizni tashkil etdi.

Xisobot davrida 13 ta yangi xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan yangi xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkillash 10 taga ko’paydi.

Farg’ona shahrida "FERGANA KONDOR" MChJ, “HABIBSEVAR SAVDO" MChJ, "FERGANA PHARMACEUTICAL" MChJ, "FERGANA WU CHONG" MChJ, FERGANA BREWERY" MChJ, "MU EN MAO YI GONG SI" MChJ,  "MATXALIKOV ABDUNABI FAYZI", "SHAHLO-AKBAR" MCHJ shaklidagi, Qo’qon shahrida, "INDORAMA KOKAND FERTILIZERS" MCHJ, "AYLIN TEKSTIL" MChJ shaklidagi, Quva tumanida "KARIM-A EXPORT" MChJ shaklidagi, Dang’ara tumanida "XINJIANG FEIYAKAI INTERNATIONAL TRADE" MChJ "SILVER OIL" xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etildi.

2017 yilning 1 aprel xolatiga 5 ta xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyat ko’rsatmayapdi.

Jumladan, Farg’ona shahridagi O’zbekiston-Eron “Uz-Sozon” qo’shma korxonasi «GM» avtomobillariga ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, nizom jamg’armasini to’liq shakllantirilmaganligi sababli, viloyat Xo’jalik sudining 2010 yil 15 apreldagi 15-11-05G’7634-sonli hal qiluv qaroriga asosan tugatilgan. Korxonaning mol-mulklari qayta xisoblanib, baholashga qo’yilgan. Shu bilan birga korxona ta’sischisi “O’zavtosanoat AKsi tomonidan korxona mol-mulkini o’z tasarrufiga o’tkazish bo’yicha amaliy ishlar qilinmagan.

Farg’ona shahridagi "QO'QON EVRO QURILISH MATERIALLARI" MCHJ shaklidagi Qo’shma korxona Nizom jamg’armasini shakllantirish, moliyaviy masalalarni xal etish ishlarini olib borayotgani sababli vaqtinchali faoliyatsiz bo’lib turibdi.

Farg’ona tumanidagi Xitoy “V&B Chemical” xorijiy korxonasi aylanma mablag’i etishmaganligi va yangi korxona tashkil etish ishlarini olib borgani sababli vaqtincha faoliyatini to’xtatgan.

"BULOQZOR-TAOMLARI MChJ"  xorijiy korxonasi xizmat ko’rsatish shaxobchasini to’liq ta’mirlamagan, shuningdek korxonada moliyaviy takchillik, nizom jamg’armasini shakllantira olmaslik kabi muammolar yuzaga kelgan.

Dang’ara tumanidagi "TENGFEI INTERNATIONAL GROUP" MChJ shaklidagi xorijiy korxona Nizom jamg’armasini shakllantira olmagan.

Ushbu vaqtincha faoliyati yo’q korxonalar viloyat mahsus tugatish komissiyasi tomonidan o’rganib chiqilmoqda va korxonalar faoliyatini 2017 yil 1-yarimi yakuni bilan tiklash ishlari tashkil etilmoqda.

 

VI. Kichik biznesni rivojlantirish

 

Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, ularga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilayotganligi iqtisodiyotimizning yuksalishiga hamda aholi turmush darajasining yanada farovonlashishiga sabab bo’lib, 2017 yil 1-choragi yakuni hisobotlariga ko’ra ularning yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 51,0 foizni tashkil etdi. Yoki o’tgan yilning (50,9 %) shu davriga nisbatan 0,1 foizga oshdi.

Ro’yxatdan o’tgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni 19327 tani tashkil etdi. Shundan, 18927 nafari (jamiga nisbatan 97,9 %) faoliyat ko’rsatmoqda.

Hisobot davrida 1322 ta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Kichik biznes sub’ektlari hisobiga 15056 mingta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davrida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida
309,8 mlrd. so’mlik kredit mablag’lari ajratildi.

 

 

VII. Ijtimoiy sohani rivojlanishi

 

Mehnat va daromadlar. Viloyatda davr oxiriga doimiy aholi soni 3575,3 ming nafarni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 58,6 ming nafarga yoki 101,7 foizga ortgan.

Iqtisodiy isloxotlarni jadallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyotda band bo’lganlar soni o’sib bormoqda. Bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 1,5 foizga o’sib, 1490,5 ming kishini tashkil qildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil
13 dekabr SQ-124-111-sonli qarori bo’yicha “2017 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi”ga asosan, hisobot davrida 15582 ta (qishlok joylarda 12125 ta) yangi ish o’rinlari yaratildi. Bu ko’rsatkich rejaga nisbatan 104,7 foizni tashkil qilmoqda.

Birinchi chorak  davomida ish axtaruvchi sifatida jami
5681 nafar fuqarolar ro’yhatga olindi, shundan 5032 nafari ishga joylashtirildi, 561 nafar fuqarolar ishsiz shaxs sifatida ro’yxatga olindi.

Hisobot davrida o’rtacha ish haqi viloyat bo’yicha 1163,9 ming so’m bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 10,4 foizga o’sganligi qayd etildi.

Sog’liqni saqlash. Viloyatda sog’liqni saqlash tizimida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Dasturni amalga oshirish jarayonida birinchi e’tibor aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilashga qaratildi.

Hozirgi kunda viloyatda 14777 o’rinli 134 ta shifoxona va bir paytning o’zida bir smenada 42,6 ming quvvatga ega bo’lgan 586 ta oilaviy va boshqa ambulatoriya-poliklinika muassasalari samarali faoliyat olib bormoqda.

Tibbiy muassasalarda jami 42,6 ming nafar o’rta tibbiyot xodimlari va 7,3 ming nafardan ziyod vrachlar faoliyat ko’rsatmoqda.

Bundan tashqari nodavlat tibbiy muassasalar faoliyatining takomillashtirilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Natijada nodavlat shifoxonalar soni 74 tani tashkil etdi. Nodavlat tibbiy muassasalar soni esa 303 tani va yakka tartibda tibbiy mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi vrachlar soni 717 nafardan iborat. Shuningdek, pullik tibbiy xizmat olgan shaxslar soni 2017 yilning
1-chorak yakunida 656,6 ming nafarni tashkil etib, pullik tibbiy xizmat ko’rsatish hajmi 34,6 mlrd.so’mni tashkil etdi yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 116,7 foizga oshgan.

 Ta’limni rivojlantirish. Viloyatda 88,7 ming o’ringa ega bo’lgan jami 670 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatib, ularda 78,6 ming nafardan ziyod bolalar tarbiyalanmoqda.

Viloyatda 2016G’2017 o’quv yilida 918 ta umumta’lim maktablari faoliyat ko’rsatib, 37,4 ming nafar pedagog xodimlar 510,0 ming nafardan ziyod  o’quvchilarga ta’lim bermoqda.

Bugungi kunda viloyatda 12 ta akademik litseylar va 145 ta kasb-hunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida  ta’lim olayotgan o’quvchilar soni
162,2 ming nafarni tashkil etdi. (Jumladan,akademik litseylarda 8248 nafar, kasb-hunar kollejlarda– 153952 nafar)

Sport. O’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy-ma’naviy jihatdan salomatligini mustahkamlash, ularni sog’lom va barkamol bo’lib voyaga etkazish maqsadida, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

Ommaviy sport tadbirlarini o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan rejaga asosan  2017 yilning 1-choragida  shahar va tuman hokimliklari, turli davlat xamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda 192 ta turli sport musobaqalari o’tkazildi. O’tkazilgan sport musobaqalarida 48410 nafar (shundan 17295 nafari qizlar) yosh sportchilar ishtirok etishdi. Mazkur tadbirlarni o’tkazishga va g’olib bo’lgan sovrindorlarni taqdirlashga jamg’arma va homiy tashkilotlar tomonidan 22,0 mln.so’m mablag’lar (shundan, jamg’arma hisobidan 13,8 mln.so’m) sarflandi.

Madaniyat. Viloyatda 4 ta teatr va 14 ta muzeylar, 8041,5 ming nusxa kitob fondiga ega bo’lgan 1130 ta kutubxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdek, viloyatda 91 ta madaniyat va aholi dam olish markazi faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur markazlarda 775 ta to’garaklar mavjud bo’lib, to’garaklarda  20,0 ming nafardan ziyod bolalar va o’smirlar  bo’sh  vaqtlarini mazmunli o’tkazmoqda.