Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1052025-07-20 00:04

“Neftchi” futbol klubining butunlay qayta ta‘mirlangan qarorgohi foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752951746155.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752951751294.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752951754119.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752951757458.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752951760483.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752951765206.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752951768178.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752951770781.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752951775345.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1752951777922.jpg

Farg‘ona shahri Qirguli mavzesida joylashgan “Neftchi” futbol klubining butunlay qayta ta‘mirlangan qarorgohi - zamonaviy mashg‘ulotlar bazasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, klub a‘zolari, sportchilar, murabbiylar, faxriylar, yoshlar va futbol muxlislari ishtirok etdi. Mazkur sport majmuasini rekonstruksiya qilish ishlari uchun 11 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirilib, 1970 yilda bunyod etilgan inshoot tubdan ta‘mirlandi. Yotoqxona va yuvinish xonalari, oshxona, suv inshooti, mashg‘ulotlar zali, gulzor va bog‘lar zamonaviy ko‘rinishda qayta barpo etildi. Sport majmuasidagi uchta stadion ham jahon talablari darajasida qayta ta‘mirlandi. To‘rt yarim ming yangi o‘rindiqlar o‘rnatildi. Mazkur sport majmuasi xalqaro sport musobaqalari talablariga javob berishi uchun zamonaviy infratuzilma, texnik jihozlar va qulay shart-sharoitlar bilan boyitildi. Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi. E‘tiborlisi, bu erda asosiy jamoa bilan birga ayollar, yoshlar – U-19 va U-21 jamoalari ham faoliyat olib boradi. Tadbirda ramziy tasma qirqilib, ishtirokchilar sport majmuasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tantanada so‘z olgan viloyat hokimi barchani yangi zamonaviy sport majmuasining foydalanishga topshirilishi bilan tabrikladi. Prezidentimizning futbolni rivojlantirishga qaratayotgan yuksak e‘tiborini alohida ta‘kidlab, ayniqsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga yo‘llanma olgani yurtimiz sportidagi ulkan yutuq sifatida e‘tirof etilganini bildirdi. O‘zbek futbolida o‘ziga xos va betakror o‘rin tutadigan “Neftchi” klubi ko‘p yillik sharafli tarix, salmoqli yutuqlar va mustahkam an‘analarga ega ekanligi alohida ta‘kidlandi. Yangitdan qurib bitkazilgan sport majmuasida futbolchilarimiz uchun katta imkoniyatlar yaratganligini qayd etib, farg‘onalik yoshlar orasida iqtidorli futbolchilar ko‘pligini, ular orasidan mashhur futbolchilar etishib chiqishini tiladi. - Yaratilgan mana shunday sharoitlar tufayli "Neftchi" “chempion” degan nomni olsa, barchamiz birgalikda tantana qilish nasib qilsin, - dedi viloyat hokimi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Odil Ahmedov, futbol faxriysi Tohir Kapadze, "Neftchi" futbol klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko ham so‘z olib, ular tomonidan jamoaning so‘nggi yillardagi muvaffaqiyatli o‘yinlari, erishgan yutuqlari, iqtidorli yoshlar va professional murabbiylar jalb qilingani alohida e‘tirof etildi. Jamoaning kelgusidagi yorqin g‘alabalariga, xalqaro maydondagi chempionatlarda ham munosib ishtirok etishiga ishonch bildirildi. Shundan so‘ng viloyatdagi 28 ta sport maktabi va futbol markazi yoshlari uchun sport anjomlari tantanali topshirildi. Viloyatda futbolni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, "Neftchi" PFK bosh direktori Mansurjon Toshmatov tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Tadbir davomida muxlislar "Neftchi" jamoasi futbolchilari ishtirokidagi qiziqarli o‘yinga ham guvoh bo‘ldilar. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir konsert dasturi bilan yakunlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: YakshanbaO‘zbekiston, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 15 uy
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 244 05 23Hokimlik faks raqami: (0373) 244 05 23Elektron pochta: info@ferghana.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 20.07.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft