Шрифт ўлчами Ранг Расм

ВИРТУАЛ ҚАБУЛХОНА

ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР

НОРМАТИВ ХУЖЖАТЛАР

Очиқ маълумотлар (бюджет)

ОЧИҚ МАЪЛУМОТЛАР

Фарғона вилояти ҳокими
Бозаров Хайрулло Хайитбаевич

Ижтимоий тармоқлар

Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш мақсадида ажратиладиган имтиёзли кредит ҳисобидан фуқароларга маҳсулот етказиб берувчи таъминотчи корхоналарнинг рўйхати
<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Фарғона вилояти инвестицион салоҳияти

Сайтни бахолаш




Янгиликларга обуна бўлиш

Ҳозир сайтда 72 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
Ишонч телефонига берилган бахолар


QO‘SHTEPADA YANGI MARKAZ ISH BOSHLADI

×

 2019-12-05 14:18:53    68

PDF юклаш
Чоп этиш


    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi bayrami arafasida Qo‘shtepa tuman davlat xizmatlari markazi uchun yangi bino foydalanishga topshirildi. Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani 1952 yilda Markaziy Farg‘ona cho‘llarini o‘zlashtirish jarayonida tashkil etilgan. Hududda 148 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ayni kunlarda tumanda 1 ming 802 ta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning 11 oyi davomida 244 ta yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etildi. Tuman Davlat xizmatlari markazi avval moslashtirilgan binoda joylashgan edi. Aholi qatnovning noqulayligi sabab davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda biroz qiyinchiliklarga uchrayotgandi. Yangi bino esa keng imkoniyatlar eshigini ochdi. 

   Viloyat hokimligi, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi, tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar birgalikda tantanali ravishda yangi qurib bitkazilgan davlat xizmatlari markazini tuman ahli ixtiyoriga topshirdilar. Tantanali ochilish marosimida keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, mahalla faollari, ibratli yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.  

    Mazkur davlat xizmatlari markazi binosi an’anaviy arxitektura va хalqaro me’moriy dizayn bilan uyg‘unlashgan holda bunyod etilgan. Fuqaroning navbatga turish vaqtini mazmunli tashkillash maqsadida kutish zaliga alohida e’tibor bilan yondashilgan. Bino kiraverish qismida markaz direktori xush kayfiyatda fuqarolarni davlat xizmatlari sohasidagi murojaatini o‘rganib, tegishli oynalarga hamda xodimlarga yo‘naltiradi.     

 Elektron navbat, infokiosk, kutish zali, bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Tashrif buyuruvchi har bir mijoz infolend orqali ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar haqida to‘liq informatsiya olishi mumkin. Markazda bir vaqtning o‘zida 20 nafar, bir kunda 500 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Xushbichim va o‘ziga xos dizayndagi zamonaviy jihozlangan zalda 3 ta monitorda 130 dan ortiq davlat xizmatlari yuzasidan ma’lumotlar markazga keluvchi fuqarolar uchun taqdim etilgan. Qo‘shtepa tuman davlat xizmatlari markazi ushbu hududda ko‘p millatli aholiga birdek davlat xizmatlarini ko‘rsatadi. Markaz binosida tadbirkorlar uchun bosh vazir qabulxonasi ham ish boshladi.                       

Farg‘ona viloyat hokimligi Axborot xizmati