Шрифт ўлчами Ранг Расм

ВИРТУАЛ ҚАБУЛХОНА

ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР

НОРМАТИВ ХУЖЖАТЛАР

Очиқ маълумотлар (бюджет)

ОЧИҚ МАЪЛУМОТЛАР

Фарғона вилояти ҳокими
Бозаров Хайрулло Хайитбаевич

Ижтимоий тармоқлар

Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш мақсадида ажратиладиган имтиёзли кредит ҳисобидан фуқароларга маҳсулот етказиб берувчи таъминотчи корхоналарнинг рўйхати
<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Фарғона вилояти инвестицион салоҳияти

Сайтни бахолаш




Янгиликларга обуна бўлиш

Ҳозир сайтда 66 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
Ишонч телефонига берилган бахолар


Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinaayotgan joylarda iste’molchilarga elektr energiyasini etkazib berishdagi uzilish yuzasidan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” BAYONOTI

 2019-12-02 17:55:22    63

PDF юклаш
Чоп этиш


Viloyatimizda bugungi kunda kun davomida 17,4 mln kVt/s (joylardagi cheklovlar bilan) elektr energiyasi etkazib berilmoqda. Belgilangan reja esa 16,6 mln kVt/s.ni, elektr energiya ishlab chiqarish balansi bo‘yicha berilgan topshiriq 16,3 mln kVt/s belgilangan. Viloyatimizga bugungi kunda iste’molchilar tomonidan talab etilayotgan bir kunlik elektr energiyasi esa 20,0 mln kVt/s.ni tashkil etmoqda. Mutaxassislarimiz tomonidan “Milliy elektr tarmoqlari” AJga belgilangan tartibda takliflar kiritilgan, ya’ni ishlab chiqarishni orttirish hisobiga kunlik qo‘shimcha 2,6 mln kVt/s talab etilgan hamda elektr energiyasini sifatli etkazib berish maqsadida mutaxassislarimiz tomonidan tunu-kun tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.

     Kuni kecha Farg‘ona viloyati Quva tumanida fuqarolar tomonidan joylarda tabiiy gaz va elektr energiyasi uzilishlaridan norozi bo‘lib, Quva tumanidagi avtomashina qatnov yo‘lini to‘sib, avtomashinalar harakatlashinishiga bir muncha noqulayliklar to‘g‘dirishayotgani videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muxokama qilinmoqda.

Ushbu masala yuzasidan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

      Quva tumani asosan, 110 kV.li “L-Quva”, 35 kV.li “L-Navruz”, “L-SHarqiy arsif”, “L-Sayguzar”, “L-Anor”, “L-Toshxovuz” va “L-BT” yuqori kuchlanishli havo uzatmasi orqali ta’minlanadi. Ushbu 110/35 kV.li uzatmalar sistemalararo yuklamani engillatish avtomatikasi (UON) tarkibiga kiritilgan bo‘lib, energosistemada quvvat tanqisligi vaqtida avtomatik tarzda (inson aralashuvisiz) tarmoqdan uziladi. Tarmoqdagi yuklamalar normal rejimga keltirilib, 110 kV.li uzatmalar qayta ulanadi. Buning uchun kamida 1-1,5 soat vaqt talab etiladi.

     Hurmatli iste’molchilarga shuni ta’kidlab o‘tmoqchimizki, bugungi kunda Energetika sohasida ham mamlakatimiz miqyosida xalq manfaatini o‘ylab bir qator loyihalar amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Jumladan, PQ-2661, “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari orqali joylarga yangidan-yangi transformator punktlari, kabel liniyalar qurilmoqda. Bosqichma bosqich joylarga zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatilyapti. Bunga Namangan viloyatida qurilib, bugungi kunda test rejimda ishlayotgan “To‘raqo‘rg‘on IES”larni misol qila olamiz.

     Qish mavsumini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tizimida faoliyat yurituvchi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati rasmiy bayonot e’lon qilgan edi.

       Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tizimidagi tanqislikni bartaraf etish, mamlakatimiz aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Turkmaniston Respublikasining «Turkmanenergo» davlat elektr energetika koorporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan ma’lum kelishuvga erishdi.

2019 yil 1 dekabrь sanasidan respublikamiz elektr energiyasi ta’minotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishini ma’lum qiladi.

      Fursatdan foydalanib, o‘z iste’molchilarimizga bugungi qish-qirovli  kunlarda bor imkoniyatdan oqilona foydalanib, kunu tun mehnat qilayotgan   soha mutaxassislari bilan birdam bo‘lishga, elektr energiyasidan havfsiz va  oqilona foylanishlarini so‘ragan bo‘lar edik.

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari

korxonasi” Axborot xizmati 


Агар сайт модераторларига сайт ҳақида фикр мулоҳазаларингиз бўлса,
бу жадвалларни тўлдириб жўнатинг