Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 206 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O‘zbekistonda latviyalik etakchi ekspertlar ishtirokida seminarlar bo‘lib o‘tadi

 2018-02-24 20:12:28    158

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar qilganimizdek, Farg‘ona viloyati hokimligi delegatsiyasi Latviya Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Balt-Tur” xalqaro yarmarkasida ishtirok etib kelgan edi. Tashrif davomida ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan bir qator hujjatlar, memorandumlar imzolangan bo‘lib, hozirda ushbu uchrashuv natijalari bo‘yicha hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda.

2018 yilning 27 fevralidan 1 martigacha Toshkent va Farg‘onada qishloq xo‘jalik  sohasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish masalalari bo‘yicha latviyalik etakchi ekspertlar O‘zbekiston Respublikasi agrar kompleks mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi talabalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar uchun seminarlar o‘tkaziladi. Seminar “Agrar kompleks korxonalarida  GLOBALGAP xalqaro standartlari, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini nazorat qilishni ta’minlash bo‘yicha maxsus laboratoriyalar tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatish masalalari” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Seminarda latviyalik ekspertlar – Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, jonivorlar va atrof-muhit salomatligi “VIOR” Instituti direktori janob Ayvars Berzinsh hamda “Musmayudarzeni” kooperativ jamiyati boshqaruvi raisi Edite Strazdinya xonim qatnashadilar.Ular o‘zbek hamkasblari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining har xil turlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasidagi Latviyaning eng yaxshi, yetakchi korxonalaridagi  ko‘p yillik ilg`or amaliy tajriba, ulardagi samarali metodlar haqida o‘rtoqlashadilar.

Bo‘lajak seminarlar 2015 yildayoq agrar sektorda yo`lga qo`yilgan Latviya va O‘zbekiston o‘rtasidagi amaliyotning davomi bo‘lib, bu sohada O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo potensialini yanada rivojlantirish maqsadida  ikki tomonlama o‘zaro foydali  hamkorlikni faollashtirishga  qaratilgan hamda bu O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoev tomondan bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar negizida ayniqsa dolzarb. Seminarlar ommaviy diplomatiyaning keng dasturiy qismi bo‘lib, joriy yilda nishonlanayotgan Latviya Respublikasi mustaqilligining 100 yilligi doirasida nishonlanadi.

Latviya ekspertlarining tashrifi va ular tomonidan o‘tkaziladigan seminarlar Toshkent Qishloq xo‘jaligi Universiteti va Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan AQSHning xalqaro rivojlanish agentligi USAID va Latviya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi bilan yaqin hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Toshkent shahridagi seminar 27 fevral kuni soat 10.00dan 17.00.gacha  bo‘lib o‘tadi. Farg‘onadagi qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar uchun seminar va konsultatsiyalar 28 fevral va 1 martga rejalashtirilgan. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi sektorining mutaxassislarining keng ommasiga mo‘ljallangan. Mazkur seminarlarda ishtirok etishni xohlovchilarning barchasi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha mas’ul shaxslarga murojaat qilishlari mumkin:


Toshkent davlat agrar universiteti

Xalqaro bo‘lim: Sanjar Adilov

El.pochta: adilovs@hotmail.com

Farg‘ona viloyati hokimligi

Abduraxmonov Muxsinxuja Tursunxujaevich

El.manzil: m.abduraxmonov@ferghana.uz

Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi

Toshkent shahri, Lashkarbegi ko‘chasi, 16 A uy.

Tel.: +998712372215

Faks: +998711207036

El.pochta: embassy.uzbekistan@mfa.gov.lv

Veb-sahifa: www.latvia.uzwww.mfa.gov.lv