Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Indoneziyadan keltirilgan achchiq qalampir

×

 2018-02-27 19:17:13    162

PDF yuklash
Chop etish


Dunyodagi eng xaridorgir qalampir navini Qo‘qon o‘rmon xo‘jaligida etishtirish va ko‘paytirish maqsadida izchil sa’y-harakatlar olib borilyapti

 Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yaqinda 13 nafar mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari qit’amizning jadal rivojlanayotgan davlatlaridan biri – Indoneziya qishloq xo‘jaligi, xususan, qalampir etishtirish va eksport qilish sohasidagi yutuqlarni o‘rganish uchun o‘zaro tajriba almashib qaytishdi.

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov, Farg‘ona viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Mansurxo‘ja Xo‘jaev delegatsiya tarkibida qatnashib, ushbu tashrifning samarasi sifatida viloyatimizda dastlabki amaliy sa’y-harakatlar boshlandi. Ayni paytda Qo‘qon o‘rmon xo‘jaligida 40 gektar maydonga ekish uchun Indoneziyadan keltirilgan achchiq qalampir urug‘i issiqxona sharoitida undirilyapti.

Bu achchiq qalampir navi bizdagiga qaraganda ikki-uch barobar ko‘p hosil berib, bir gektardan o‘rtacha 40 million so‘mgacha daromad olish mumkin, – deydi faol va fidoyi, tajribali o‘rmon xo‘jaligi mutaxassisi Mansurxo‘ja Xo‘jaev. – Eng muhimi, Indoneziya achchiq qalampiri jahon bozorida juda ham xaridorgir ekanligi bois u asosan eksportga chiqariladi. Bitta qalampir ko‘chatidan 400-450 tagacha meva olish imkoni bor. Dastlabki hisob-kitoblarimizga ko‘ra, bizning iqlim sharoitimizda mazkur achchiq qalampir Indoneziyadagidan ham serhosil, serdaromad bo‘ladi.

Qo‘qon o‘rmon xo‘jaligining eksport-import bo‘yicha mutaxassisi Anvarjon Dehqonovning e’tirof etishicha, viloyatimizda etishtiriladigan Indoneziya qalampiri 90 foiz xorijga eksport qilinishi rejalashtirilmoqda. Ayni kunlarda ushbu qalampirning tabiiy holda pishgani, konserva sifatida tayyorlanganiga katta miqdorda buyurtmalar shakllantirilyapti. Hozirgacha Rossiyaning deyarli barcha hududlari, Janubiy Koreya, Hindiston, Polsha, Gruziya, Moldova singari o‘nlab mamlakatlar bilan kelishuvlarga erishildi.

Indoneziya qalampiri o‘zimizdagi mahalliy navlarga qaraganda achchiqroq, hajmi biroz kichikroq ko‘rinishga ega, – deya suhbatimizni davom ettiradi Qo‘qon o‘rmon xo‘jaligi agranomi Muzaffar Jo‘raev. – Bugungi kunda poytaxtimizdagi ixtisoslashgan markazlar, institutlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borilyapti. Laboratoriyamizda innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llagan holda ushbu qalampir navini mahalliy iqlim sharoitimizga to‘liq moslashtirish maqsadida turli tajribalar o‘tkazilyapti. Bioo‘g‘itlar bilan ishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish sohasidagi ilk xulosalar shu kunlarda amaliyotga tatbiq etiladi.

Ta’kidlash joizki, Indoneziyaning to‘rt faslda ham havosi mo‘‘tadil bo‘ladigan sharoitida achchiq qalampir asosan ochiq er maydonlarida fermer va ixcham-ixcham dehqon xo‘jaliklarida etishtiriladi. Mutaxassislarimiz mazkur navni yurtimizda issiqxona sharoitida etishtirib, ertangi hosil olishni ham maqsad qilishgan. Bu borada boshlangan dastlabki sa’y-harakatlar yaqin vaqt ichida o‘z samarasini berishi aniq.

Farg‘ona viloyati o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, bosh o‘rmon inspektori Rafiqjon Tursunmatovning aytishicha, shu tariqa mazkur navdagi achchiq qalampirni aholi tomorqalarida ham keng ko‘lamda etishtirish mumkin. Boisi 60-80 kunda tayyor bo‘ladigan achchiq qalampirni tomorqa xo‘jaligida etishtirish orqali bitta oila bir mavsumda o‘rtacha 9-10 million so‘m daromad olishi mumkin. O‘z navbatida Qo‘qon o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari mazkur qalampir navini viloyatimizda fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida boshoqli don ekinidan so‘ng parvarishlab, ulkan daromad olish bo‘yicha kerakli tavsiyalarni ishlab chiqishmoqda.

Ezgu tashabbus viloyatimizda inson organizmi uchun darmondorilarga boy, ishtahani ochuvchi, ko‘plab kasalliklarning oldini olishda samarali profilaktika, eng asosiysi katta daromad manbai bo‘lgan achchiq qalampir etishtirish tajribasini jahon andozalari darajasida rivojlantirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.                                     

 

Botir MADIYOROV,

“Farg‘ona haqiqati” maxsus muxbiri.

Suratni Sherzod QORABOEV olgan.