Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 149 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KONDITSIONERLAR VA VENTILYATORLAR ISHLAB CHIQARISHDA MDHDA YETAKCHILARDAN HISOBLANGAN “VEZA” KOMPANIYASI FARG’ONA VILOYATI BILAN HAMKORLIK O’RNATMOQDA

×

 2021-06-16 14:49:54    117

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaning “Veza” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

 O’zaro hamkorlik o’rnatish masalasi muhokama qilingan muloqot davomida “Veza” kompaniyasi rahbari Andrey Derepasov va kompaniyaning O’zbekistondagi vakolatxonasi direktori Oleg Aksenovlar Rossiya kompaniyasining bugungi kundagi faoliyati haqida ma'lumot berdilar.

“Veza” kompaniyasi 1995 yilda tashkil etilgan bo’lib, konditsionerlar, ventilyatorlar va boshqa shunga o’xshash uskunalarni ishlab chiqarish bo’yicha to’liq texnologik tsiklga ega. Uning Rossiya, Ukraina va Belorussiya kabi davlatlarda korxonalari bor va o’z yo’nalishida MDH davlatlarida yetakchilardan biri hisoblanadi.

Kompaniya mutaxassislari sanoatning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yadro, neft va gaz, kimyo, yengil sanoat uchun maxsus uskunalar dizaynini ishlab chiqqanlar.

Shuningdek, kompaniya mijozlarga uskunalar yetkazib berishda, loyihalarni hisoblashda va uskunalarni tanlashda ilmiy-texnik yordam beradi. Bundan tashqari o’quv seminarlar tashkil etilib, uskunalardan foydalanish tartiblari ishchilarga o’rgatib boriladi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati “Veza” kompaniyasi mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda muhim salohiyatga ega ekanligi, qo’shni Tojikiston, Qirg’iziston, shuningdek, Eron va boshqa davlatlarga mahsulotlarni eksport qilish imkoniyati yuqoriligi e'tirof etildi. 

Ushbu jihatlardan kelib chiqib, tomonlar o’zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olishdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube