Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 479 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QON SHAHRI TURKIY KENGASHNING ILK TURIZM POYTAXTI DEYA E'LON QILINDI.

×

 2021-06-25 08:45:38    153

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Turkiy Kengash turizm masalalari vazirlarining VI yig’ilishida ishtirok etish uchun kelgan mehmonlar Qo’qon shahrida tantanali kutib olindi.

Ayni vaqtda shahardagi Jome' majmuasida davom etayotgan nufuzli tadbirda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Bosh kotibi Bag’dat Amreev, Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va O’zbekistondan turizm masalalari vazirlari ishtirok etmoqda.

–O’zbekistonda ilk bor o’tkazilayotgan bugungi Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a'zo mamlakatlarining Turizm masalalari bo’yicha vazirlarining VI yig’ilishi uchun aynan Qo’qon shahri tanlangani albatta, bejiz emas. Ikki ming yillik shonli tarixga ega bu shahar Turkiy dunyoning madaniyat, san'at, ilm-fan, adabiyot, din, savdo-sotiq, hunarmandchilik markazlaridan biri sanaladi,- dedi O’zbekiston Bosh vaziri o’rinbosari Aziz Abduhakimov. 

O’zbekiston Bosh vaziri o’rinbosari yig’ilishda bir qator takliflarni aytib o’tdi. Jumladan, u davlatlar o’rtasida transport logistikani rivojlantirish, madaniy meros ob'ektlarini asrash jamg’armasini tashkil etish, turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimini yaratish, Boburiylar sulolasi hukmronlik qilgan qadimgi Axsikent qal'asi hududida “Turkiy ovoz” qo’shiq va kuy festivalini tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

 Shuningdek, Ipak yo’li ravnaqiga muhim hissa qo’shgan Qo’qon shahrini Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti sifatida qo’llab-quvvatlash taklifi ham ilgari surildi. Bu yig’ilish ishtirokchilari tomonidan ma'qullandi va Qo’qon shahri Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti deya e'lon qilindi.

Shundan so’ng Qo’qon shahri hokimi Ma'rufjon Usmonovga ramziy kalit topshirildi.

Bugun tadbirlar doirasida o’zbek san'ati yulduzlari ishtirokida kontsert dasturi o’tkazilishi ham rejalashtirilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube