Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 247 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BIR GURUH FARG’ONALIK SOHA XODIMLARI ORDEN VA MEDALLAR BILAN MUKOFOTLANDILAR

×

 2021-06-26 10:51:39    167

PDF yuklash
Chop etish


27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi farmoni e'lon qilindi.

Mamlakatimizda so’z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlar jarayonlariga qo’shayotgan katta hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yangi O’zbekistonni barpo etish yo’lida erishilayotgan yutuqlarni keng targ’ib etishdagi munosib xizmatlari, zamonaviy jurnalistika tizimlari uchun yuksak malakali professional kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlanganlar orasida 4 nafar farg’onalik soha xodimlari ham bor.

O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Farg’ona viloyati bo’limi raisi Obidov Muhammad Dalimovich va So’x tumani «Sadoi So’x» gazetasi bosh muharriri Toxirov Mamasodik Boborozikovich «Do’stlik» ordeni bilan;

«Farg’ona haqiqati» – «Ferganskaya pravda» gazetalari birlashgan tahririyatining bosh muharriri o’rinbosari Tashmatova Tamara Sheraliyevna «Sog’lom turmush» medali bilan;

«Ruxsor teleradiokanali» mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Askarov Nuriddin Muxamadjonovich «Shuhrat» medali bilan mukofotlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube