Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 462 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ADABIYOT YASHASA MILLAT VA XALQ BEZAVOL YASHAYDI: FARG’ONA SHAHRIDAGI 10-IDUMDA BIR GURUH USTOZ YOZUVCHI-SHOIRLAR ISHTIROKIDA ADABIYOT BAYRAMI TASHKILLANDI

×

 2021-11-26 14:48:46    166

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat miqyosidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va ijodiy uchrashuvlar o’tkazish katta an'anaga aylangan Farg’ona shahridagi 10-IDUMda bir guruh ustoz yozuvchi-shoirlar ishtirokida adabiyot bayrami tashkillandi.

Tadbirda viloyat hokimining davlat tili masalalari bo’yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari – taniqli shoir, dramaturg Saydali Odilov va shoira Mo’'tabar G’ulomova, O’zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a'zolari Saodatxon Oripova va Manzura Erkaboyeva hamda maktabning adabiyotga qiziquvchi yoshlari, ustozlari ishtirok etdilar.

Adabiy uchrashuv Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning joriy yilning 23 oktyabr kuni qabul qilgan farmoyishiga asosan noyabr oyining uchinchi o’n kunligida viloyatimizda o’tkazilayotgan “Adabiyot kunlari” doirasida tashkil etildi.

Bugungi uchrashuvda so’z olgan ustoz yozuvchi-shoirlar buyuk adib va mutafakkirlarimizning nodir merosi, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o’rganish va targ’ib etish, yoshlarimizni o’zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o’rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish lozimligiga alohida urg’u berdilar. O’z ijod va hayot yo’llari haqida o’quvchilarga hikoya qilib, bugungi o’zbek adabiy jarayoni haqida atroflicha so’z yuritdilar.

Bayram tadbirida she'riyatga oshno o’quvchilar taniqli shoirlarimiz ijodidan namunalarni yod o’qishdi, o’zlarining adabiyot yo’nalishi bo’yicha qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Maktabning "Shodiyona" ashula va xor ansambli guruhi qo’shiqlari kecha fayziga yanada fayz kiritdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube