Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UCHKO’PRIK TUMANIDA 15 GEKTAR MAYDONDA BARPO ETILAYOTGAN “BOBOSHBEK” SAVDO VA ISHLAB CHIQARISH MAJMUASIGA DASTLABKI G’ISHT QO’YILDI

×

 2021-11-29 15:52:54    127

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko’prik tumanida bo’lib, “Boboshbek” mahalla fuqarolar yig’ini hududida 15 gektar maydonda bunyod etilayotgan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksi qurilishiga birinchi g’isht qo’yish tadbirida ishtirok etdi. 

Yurtimizda ilk bor barpo etilayotgan zamonaviy yengil sanoat va savdo majmuasida 2 ta logistika markazi, 212 ta ishlab chiqarish tsexi, 336 ta savdo do’koni, 560 ta kichik savdo rastasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. 7 ming 700 dan ortiq fuqarolar o’z ish o’rinlariga ega bo’lishadi.

 Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun viloyatimizdagi yirik qurilish kompaniyalari jalb etilgan. Loyihani yakunlab foydalanishga topshirish uchun viloyat rahbari tomonidan olti oy muddat belgilab berilgan.

Ushbu loyiha orqali asosan “Boboshbek”, “Bekmurod”, “Zig’ir”, “Paloxon” va “Yakkamulla” mahalla fuqarolar yig’inlarida o’z xonadonlarida tikuvchilik, trikotaj mahsulotlari tayyorlab kelayotgan aholiga qulaylik yaratish ko’zda tutilgan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube