Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 347 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BO’SH TURGAN BINOLARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA FARG’ONA TAJRIBASI NATIJALARI: BAG’DODDA BO’SH TURGAN SOBIQ KONSERVA TSEXI BINOSIDA TEKSTIL KORXONASI TASHKIL ETILDI

×

 2021-12-01 19:09:35    187

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Bag’dod tumani Nurafshon MFY hududida “Asad-Tex” MChJ tomonidan tashkil etilib, foydalanishga topshirilgan tekstil korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyatdagi bo’sh turgan binolarning faoliyatini tiklash orqali samarali ishlashini ta'minlash borasidagi loyihalarni amalga oshirishda tashabbuskorlarga har tomonlama ko’maklashish orqali joylarda minglab yangi ish o’rinlari yaratishga erishilmoqda. Yillik 600 tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega “Asad-Tex” korxonasi ham bo’sh turgan sobiq konserva tsexi binosida 4,5 milliard so’m qiymatidagi loyihani amalga oshirilishi natijasida tashkil etilib, 140 dan ziyod yangi ish o’rni yaratildi. 

Hozirda korxonaning ikkinchi bosqichi – sochiq ishlab chiqarish liniyasini barpo etish bo’yicha investitsion loyiha ustida ish olib borilmoqda. Korxonaning 4,8 milliard so’m o’z mablag’lari hisobiga kelgusi yil oxiriga qadar yillik 1500 tonna mahsulot quvvatiga ega, Belgiya texnologiyalari bilan jihozlangan yangi liniya ishga tushiriladi. Natijada 150 ta qo’shimcha ish o’rni yaratiladi. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirish orqali yillik 2,3 million dollarlik xorijga eksport yo’lga qo’yilishi rejalashtirilmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube