Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 325 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BAG’DOD TUMANIDA HASHAR YO’LI BILAN 330 O’RINLI ZAMONAVIY MAKTAB BARPO ETILMOQDA

×

 2021-12-01 19:10:43    141

PDF yuklash
Chop etish


Bag’dod tumanining Qo’g’oli MFY hududida 330 o’ringa mo’ljallangan yangi zamonaviy maktab binosi hashar yo’li bilan barpo etilmoqda. Kecha viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan ushbu ob'ektda bo’lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Qishloq yoshlari shu hududdagi 30-maktab filialida boshlang’ich ta'limni olishgach, yuqori sinflarda o’qish uchun har kuni 4-5 km piyoda yo’l bosib, qo’shni qishloqdagi maktabga qatnagan. Mahalliy tadbirkorlar va mahalla ahli birlashib, 11 yillik maktab qurilishini hashar yo’li bilan amalga oshirishga kirishishgan. 

“Ochiq byudjet” axborot portali orqali fuqarolarni byudjet jarayoniga jalb qilish mexanizmining ishga tushirilishi ushbu loyihani ham amalga oshirishni tezlashtirdi. Mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan maktab qurilishiga 900 million so’m ajratib berildi. 

Mahalla ahli hamda hashar tashabbuskorlari bilan muloqot qilgan viloyat rahbari, maktabni to’la jihozlash uchun viloyat byudjetidan yetarli mablag’ ajratib berilishini ma'lum qildi. Shuningdek viloyat hokimining ko’rsatmasi bilan o’quv muassasasiga sportzal qurib beriladigan bo’ldi. Shuningdek, maktabni suv bilan ta'minlash ham yo’lga qo’yiladi.

Joriy yil mart oyida ham tumanning chekka hududi Mehnatobod qishlog’ida 330 o’ringa mo’ljallangan yangi maktab binosi hashar yo’li bilan qurib bitkazilgandi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube