Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 216 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BAG’DODDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK TAMOYILI ASOSIDA QURIB BITKAZILGAN DASHT MFY BINOSI TANTANALI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-12-01 19:20:24    113

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Bag’dod tumanida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qurib bitkazilgan Dasht MFY binosini tantanali foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi.

Bag’dod tumanida jami 59 ta MFY mavjud bo’lib, joriy yilda ulardan 17 tasining ma'muriy binosi yangidan qurilmoqda. Shundan 7 ta MFYning yangi binolari foydalanishga topshirildi, 10 tasida qurilish ishlari davom etmoqda. Konstitutsiya kuni arafasida yana 3 ta mahalla fuqarolari yig’ini yangilangan binoda ish boshlaydi.

Dasht MFY hududidagi zamonaviy qiyofa kasb etgan inshoot davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliy tadbirkor Davronbek Mavlonov tashabbusi bilan qurib bitkazildi.

Mahalla idorasida barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib, mahalla raisi, kotib, maslahatchilar, profilaktika inspektori, shuningdek yangi joriy etilayotgan hokimning mahalla bo’yicha yordamchisi uchun alohida xonalar ajratilgan.

Binoning ikkinchi qavatida tadbirkor tomonidan 30 ta yangi ish o’rni shakllanadigan tikuvchilik tsexini ishga tushirish rejalashtirilgan bo’lib, buni tashkil etish uchun mablag’ masalasida biroz qiynalib qolgani ma'lum bo’ldi. Viloyat hokimi mahallada yashovchi ayollar bilan muloqotda bu yerda ishlab chiqarish tashkil etish uchun tadbirkorga kerakli miqdorda kredit mablag’lari ajratib berilishi yoki o’zini o’zi band qilish istagida bo’lgan xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari berilishini qayd etdi. Viloyat rahbari shuningdek, mahallada bolalar uchun vorkaut va sport maydonchasi qurib berish bo’yicha tuman hokimiga topshiriq berdi.

Shu yerda viloyat hokimi mahalla ahli bilan suhbatlashdi. Hududni obodonlashtirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash bo’yicha Dasht MFYda joriy yilda ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 3 ta yangi transformator 40 ta beton tayanchlar o’rnatildi. 2 ta skvajina qazilib, 4 km suv tarmog’i tortildi. 3,5 kilometr ichki yo’llar asfaltlanib, 2 kilometr yo’lga shag’al yotqizildi.

Kelgusi yilda Dasht MFY “Obod qishloq” dasturiga kiritilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida mahallada kommunal xizmatlar ta'minotini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish va ijtimoiy soha ob'ektlarini barpo etish bo’yicha ish tashkil etiladi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube