Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 191 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BAG’DODDA RESPUBLIKADA YAGONA PARRANDACHILIKKA IXTISOSLASHTIRILGAN KICHIK SANOAT ZONASI TASHKIL ETILDI

×

 2021-12-01 19:41:54    140

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan Bag’dod tumanida Irg’oli va Istiqlol mahalla fuqarolar yig’ini hududlarida tashkil etilayotgan kichik sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar hamda joylashtirilayotgan investitsiya loyihalari bilan ham tanishdi. 

“Istiqlol” kichik sanoat zonasi parrandachilikka ixtisoslashtirilib, bu yerda umumiy qiymati 11,5 milliard so’m bo’lgan oltita loyiha amalga oshirilmoqda. Rossiya va Xitoy texnologiyalari bilan jihozlanadigan yangi korxonalarning 4 tasi sanoat usulida parranda go’shti yetishtirish, 1 tasi jo’ja ochirish va parranda yemi ishlab chiqarish, 1 tasi tuxum yetishtirish bo’yicha faoliyat olib boradi. Kichik sanoat zonasida yillik 550 ming dona jo’ja, 7,6 million dona tuxum, 1,78 ming tonna parranda go’shti yetishtirish yo’lga qo’yiladi. 350 ga yaqin yangi doimiy ish o’rinlari tashkil etiladi. Hozirda korxonalarda qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirib, jihozlanish jarayonlari boshlanmoqda.

Viloyat hokimi ushbu loyihalar tashabuskorlar bo’lgan tadbirkorlar bilan muloqot chog’ida barcha korxonalar KChZ hududida hamkorlikda kushxona va muzlatkichlarni, bo’laklash va qadoqlash liniyasini o’z ichiga olgan parrandalarni so’yishga mo’ljallangan zamonaviy kompleks barpo etishi kerakligini qayd etib, yetti xazinaning biri bo’lgan tovuqning har bir bo’lagi, hatto panjalarigacha xorijda yetarli talab mavjudligiga e'tibor qaratdi.

Irg’oli MFY hududidagi “Mustaqillik” kichik sanoat zonasida umumiy qiymati 10,7 milliard so’m bo’lgan 4 ta loyiha amalga oshirilayotgan bo’lib, 3000 tonna hajmdagi muzlatkichli meva saqlash ombori hamda mevani qayta ishlash korxonasi, mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, terini qayta ishlash hamda yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish, shuningdek parrandachilik hamda parranda yemi ishlab chiqarish loyihalari yakuniy bosqichga kirgan. Loyihalar ishga tushishi natijasida 150 dan ziyod doimiy ish o’rinlari yaratiladi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube