Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 208 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOZYOVONDA TUMAN MARKAZIDAN 14 KM UZOQLIKDAGI 35-SONLI UMUMTA'LIM MAKTABINING QO’SHIMCHA BINOLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-12-01 19:44:33    118

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda Yozyovon tumanida bo’lib, hududdagi yangi ishlab chiqarish loyihalari, barpo etilgan ijtimoiy ob'ektlar, kichik sanoat zonalaridagi mavjud holatlar bilan tanishdi.

Dastlab “Mustahkam do’stlik” MFY hududidagi 35-sonli umumta'lim maktabining tuman prokurori tashabbusi natijasida hashar yo’li bilan qurilgan qo’shimcha binolarining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda qatnashgan viloyat rahbari yangi binoni foydalanishga topshirilishi munosabati bilan maktab jamoasini, qishloq ahlini muborakbod etdi.

Avvalgi o’quv binosi atigi 80 o’rinli bo’lib, dars mashg’ulotlari ikki smenada tashkil etilgandi. Joriy yilning may oyida qurilishi boshlangan va 6 oyda barpo etilgan 160 o’rinli qo’shimcha bino foydalanishga topshirilishi natijasida darslar bir smenada olib boriladigan bo’ldi. Maktabda 192 nafar o’quvchiga 24 nafar pedagoglar ta'lim-tarbiya berib kelmoqda. E'tiborlisi, maktab qurilishiga qariyb 1,5 milliard so’mdan ziyod mablag’ sarflangan bo’lsada, uning faqat 170 mln. so’mi mahalliy byudjetdan, qolgani esa tadbirkorlarning va mahalla ahlining homiylik mablag’lari asosida amalga oshirildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tuman markazidan 13-14 km uzoqlikda joylashgan ushbu mahallada istiqomat qiluvchi oilalar farzandlari qulay shart-sharoitlarga ega bo’lganligini qayd etib, qurilish ishlariga bosh-qosh bo’lgan barchaga minnatdorchilik bildirdi. 

“Harakat qilsa, intilsa, hamma narsaga erishsa bo’ladi. Yaqinda Prezidentimiz, so’nggi 5 yildagi yutuqlarimiz, erishgan natijalarimiz ortidan xalqimizda “Qilsa bo’lar ekan-ku!” degan ibora paydo bo’lganini aytib o’tdilar. Haqiqatdan ham, mana, Yozyovonda ham qilsa bo’lar ekan-ku”, - dedi viloyat rahbari.

Shundan so’ng ramziy lenta qirqilib, mehmonlar bino ichida yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar. 9 ta sinf xonasi, o’qituvchilar xonasi hamda kompyuter sinfi zamonaviy mebel va zarur o’quv jihozlari bilan ta'minlangan.

Shu kuni mehmonlar ishtirokida maktab hovlisida respublikamizda davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko’chatlari ham ekildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube