Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI QO’SHTEPA TUMANIDA BARPO ETILGAN GIDROPONIKA USULIDAGI ISSIQXONA VA AMALGA OSHIRILAYOTGAN BOSHQA INVESTITSIYA LOYIHALARI BILAN TANISHDI

×

 2021-12-03 18:08:21    144

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida Qo’shtepa tumanida bo’lib, tuman mahallalarida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish tadbirlari, ish o’rinlari yaratilayotgan yangi korxonalar faoliyati, muhim qarorlar ijrosi bo’yicha olib borilayotgan ishlar borasida o’rganish olib bordi.

Viloyat hokimi dastlab “Xumdon” mahallasida joylashgan “Zero fax” MJChga qarashli zamonaviy gidroponika usulidagi issiqxonani ko’zdan kechirdi. Tadbirkor Ulug’bek Rahimjonov tashabbusi bilan 1 gektar maydonda barpo etilgan issiqxonada pushti pomidor yetishtirilmoqda. Dekabr oyi oxiri yanvar oyi boshida pomidor hosili yig’ib olinadi. Kelgusi yil boshida 40 tonna pomidor hosili yig’ib olish rejalashtirilgan bo’lib, mahsulotlar qo’shni Qirg’iziston, Tojikiston davlatlariga eksport qilinishi ko’zda tutilgan. 

Issiqxona loyihasining umumiy qiymati 600 ming AQSh dollariga teng. Shundan 150 ming dollari tadbirkor hissasiga, qolgan summa xorijiy kredit hisobiga to’g’ri keladi. Loyiha quvvati 50 tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ob'ektda o’nlab yangi ish o’rni yaratildi. Viloyat rahbari gidroponika usulidagi issiqxona imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalasida o’z takliflarini berdi.

Shu joyda "Target max" MChJ tomonidan shurup va samorez ishlab chiqarish korxonasi qurilishi jarayonlari ham ko’zdan kechirildi. 80 sotix maydonda barpo etilayotgan loyihani amalga oshirish uchun 22 mlrd. so’m mablag’ sarflanmoqda. Loyihaning ishga tushishi natijasida 45 ta yangi ish o’rni yaratiladi. Hozirda ushbu korxona ishlab chiqarish binosi qurilish ishlari jadal olib borilmoqda, ofis binosi qurib bitkazilib, binoning ichki qismini pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. 

Viloyat rahbari “Istiqbol” kichik sanoat zonasida joylashgan yana bir loyiha – “Turon Umar Teks” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan to’quvchilik va tikuvchilik faoliyatini tashkil etish loyihasining borishi bilan tanishdi. 700 ming AQSh dollari qiymatiga ega loyihaning 350 ming AQSh dollari tadbirkorning o’z mablag’i bo’lsa, qolgan qismi bank kreditidan iborat. Yillik 8,7 mlrd. so’mlik sochiq ishlab chiqarish quvvatiga ega loyiha foydalanishga topshirilsa, 50 nafar qo’shtepaliklar uchun yangi ish o’rinlari yaratiladi. Mazkur ishlab chiqarish korxonasini 2022 yilning aprel oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube