Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 287 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILONGA KATTA FUTBOL QAYTADI – VILOYAT HOKIMI “ATLASCHI” JAMOASINI PRO-LIGAGA OLIB CHIQISH BO’YICHA VAZIFALARNI BELGILAB BERDI

×

 2021-12-14 12:31:54    138

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Marg’ilon shahridagi “Atlaschi” o’yingohida bo’lib, shaharda futbolning bugungi holati yuzasidan mas'ullar bilan muloqot qildi.

O’yingohda faoliyat olib borayotgan futbol maktabi tarbiyalanuvchilari yuqori natijalar qayd etib kelishayotgani, yaqinda an'anaviy «Charm to’p» futbol musobaqasining 14-16 yoshli bolalar ishtirokidagi Respublika bosqichida g’olib bo’lishgani, ikki nafar yosh marg’ilonlik futbolchi Madridda “Real” akademiyasi mashg’ulotlariga jalb qilingani haqida viloyat hokimiga ma'lumot berildi.

Viloyat rahbari, Azaldan Marg’ilonda futbol ommaviy sport turib bo’lib kelgani, o’zbek futboliga ko’plab iste'dodli futbolchilar yetkazib berilganiga e'tibor qaratib, o’zining shonli tarixiga ega “Atlaschi” jamoasi eng kamida Pro-ligada o’ynashi kerakligini qayd etdi. Jamoaning professional futbolga qaytishi nafaqat Marg’ilonga katta futbolni qaytarishga, balki yosh futbolchilarga kuchlilar o’rtasidagi bahslarda o’z iste'dodlarini yanada kengroq namoyish etishga imkon yaratishi, qolaversa ommaviy sportni rivojlantirishda muhim omil bo’lishini ta'kidladi.

Shahar hokimiga va mutasaddilarga “Atlaschi” jamoasini qisqa muddatda Pro-ligaga olib chiqish bo’yicha ish tashkil etish yuzasidan ko’rsatma bergan Xayrullo Bozorov, jamoaga homiylik qilish istagida bo’lgan yirik tadbirkorlar ham borligini bildirdi.

Viloyat hokimi, shuningdek o’yingoh yonida joylashgan bolalar va o’smirlar sport maktabi faoliyati bilan ham tanishdi. BO’SM binosi oldidagi ochiq maydonda vorkaut maydonchasi tashkil etilgani, bepul trenajerlar o’rnatilgani va har kim foydalana olishi mumkinligi e'tibor tortdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube