Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


INVESTITSIYA MAJBURIYATI BILAN “NOL” QIYMATDA BERILGAN DAVLAT MULKI OB'EKTLARINI FOYDALANMASDAN, O’Z HOLIGA TASHLAB QO’YISHGA HECH KIMNING HAQQI YO’Q 

×

 2021-12-14 12:34:29    127

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Marg’ilon shahrida olib borilgan o’rganishlar doirasida shaharning B.Marg’iloniy ko’chasida joylashgan, “Uzwoolentex” MChJ shaklidagi xorijiy korxonasiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 15,0 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, 700 ta yangi ish o’rinlari yaratish majburiyati yuklatilgan shaklda “nol” xarid qiymatida berilgan bino inshootlardan foydalanish holati bilan tanishdi.

Umumiy maydoni 6 gektar bo’lgan, shundan bino inshootlarning maydoni 5 gektardan ortiq bo’lgan ob'ektda hozircha faqat 2 gektar atrofida maydondan ishlab chiqarishda foydalanilmoqda, atigi 74 ta ish o’rni yaratilgan. Qolgan qismidagi bino inshootlar qarovsiz, umuman foydalanilmay kelinayotgani, chiqindilar bilan to’la holatda ekaniga guvoh bo’lindi. Qolaversa, o’rganish jarayonida investitsiya majburiyati bajarilmagani yetmagandek, qayta rekonstruktsiya bahonasida binoning metal qismlari kesib olib ketilgani ham aniqlandi.

Korxona vakillari bilan muloqotda, hozirda investitsiya majburiyatini bajarish uchun aniq moliyaviy manba yo’qligi ma'lum bo’ldi. Qolaversa, ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan qism uchun olingan bank kreditlarining ham katta qismini so’ndirish majburiyati mavjud.

Viloyat hokimi, foydalanilmay turgan bino va inshootlarni investitsiyaviy majburiyatlarini bajarmagan tadbirkordan davlat tasarrufiga qonuniy qaytarish choralari ko’rish bo’yicha mas'ullarga ko’rsatma berdi. Davlat mulkini talon-taroj qilganlik holatiga aniqlik kiritish maqsadida viloyat prokuraturasi surishtiruv olib boradigan bo’ldi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube