Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 228 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV FARG’ONA TUMANIDA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN YANGI LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2021-12-14 12:42:25    142

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda Farg’ona tumanida bo’lib, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, yangi ish o’rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Dastlab “Cheksho’ra” MFYdagi “Agrorost” fermer xo’jaligida biogumus tayyorlash hamda hasharotlar yordamida bioo’g’it olish loyihalari ko’zdan kechirildi. 

Fermer xo’jaligida biogumus tayyorlash bilan birga, yana bir muhim loyiha, hasharotlar yordamida bioo’g’it olish ham amalga oshirilmoqda. Hozirda bu yerda qora askar pashshasi, (Hermetia illucens) parvarishlanmoqda va uning lichinkalari qishloq xo’jaligi hayvonlari uchun oziq-ovqat bazasini tashkil qilishdan tortib, dori-darmonlar yaratishgacha bo’lgan turli sohalarda qo’llaniladi.

Loyihalar bilan yaqindan tanishgan viloyat rahbari, mutasaddilarga ularni batafsil o’rganib chiqib, kengaytirish taklifini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi.

Oqbilol MFYda “Agro Sifat Logistik” MChJ tomonidan amalga oshirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni qayta ishlash loyihasi doirasida 3 gektar maydonga loyiha qiymati 15 mlrd. so’m bo’lgan zamonaviy issiqxona tashkil etilgan bo’lib, hozirda bu yerda karam yetishtirish yo’lga qo’yilgan. 2022-2023 yillarda esa meva-sabzavotni qayta ishlash hamda sovutgichli saqlash omborlarini tashkil etish loyihalarini ham amalga oshirish chora-tadbirlari belgilangan. 

Shuningdek, qiymati 4 mlrd. so’mlik ko’chatchilik laboratoriyasi ham tashkil etilmoqda va unga xorijdan ilg’or texnologiyalar olib kelinib joylashtirilmoqda. Uni 2022 yil 1-chorakda ishga tushirish maqsad qilingan.

Viloyat hokimi tadbirkor bilan muloqotda Farg’ona davlat universiteti bilan hamkorlik qilib, oliygohning kimyo-biologiya yo’nalishida tahsil olayotgan talaba va bitiruvchilarni mana shu laboratoriyaga jalb qilish orqali natijadorlikni orttirish zarurligini ta'kidladi. 

Tumanda “Selem O’zgan” MChJ tomonidan tashkil etilgan, Turkiya tajribasi asosida manzarali o’simliklar va gul ko’chatlari yetishtirishga ixtisoslashgan korxonaga 1 mlrd. so’m mablag’ sarflangan. Ko’chatlar (atirgul) asosan Turkiya davlatiga eksport qilinadi. Bu yil 25 mingtaga yaqin butasimon gullar yetishtirildi. Korxona ish yurituvchisi Salohiddin Erkinov viloyat rahbarini 10 xil turdagi manzarali va gul ko’chatlarini parvarish qilish jarayonlari bilan tanishtirdi. 

Viloyat hokimi bilan suhbatda tadbirkor qo’shimcha 3-4 gektar yer maydoni berilsa, tarmoqni yanada kengaytirish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Tadbirkorga kooperatsiya usulida plantatsiya tashkil qilish uchun Farg’ona shahridan yoshlarga ajratib beriladigan yer maydoni biriktiriladigan bo’ldi.

Xayrullo Bozorov “Damko’l Xolmatjon niholi” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligida tashkil etilgan chorvachilik kompleksini ham borib ko’rdi.

Chorvachilik kompleksida ayni paytda go’sht-sut yo’nalishida Qozog’iston va Germaniyadan olib kelingan 300 dan ziyod naslli qoramollar parvarishlanmoqda. 

Fermer Jo’rabek Olimov chorvachilikni kengaytirish niyatida ekanligini ma'lum qildi. Unga o’zlashtirilmagan maydonlardan qonunchilikda belgilangan tartibda yer maydoni ajratilishi bo’yicha tuman mutasaddilariga ko’rsatma berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube