Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 202 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDA MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI QAMROVI BIR YILDA 14,3 FOIZGA OSHIB, 78,4 FOIZGA YETDI

×

 2021-12-14 13:37:01    355

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish jarayonida tumandagi Yangi asr mahallasi hududida joylashgan "OLYMP" nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, bog’chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdi.

150 o’ringa mo’ljallangan mazkur bog’chaning loyiha qiymati 7,4 mlrd. so’m bo’lib, tadbirkor 3 mlrd. so’mdan ziyod o’z sarmoyasini kiritgan. Hozirda 2 ta guruhda jami 44 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Ushbu bog’cha tarbiyalanuvchilari sportning karate, gimnastika, shashka, shaxmat va boshqa turlari bilan muntazam shug’ulantirilmoqda.

Tarbiyalanuvchilarning sport turlari bo’yicha ko’rgazmali chiqishlarini tomosha qilgan viloyat rahbari, bolalarning yoshini hisobga olgan holda ushbu sport turlari bilan maxsus shug’ullantiruvchi mutaxassislarni jalb etish, mashqlar vaqtini hisobga olish, turli sport turlari bilan shug’ullangandan so’ng ularning oziq-ovqat ta'minotini ham nazorat qilish kerakligiga e'tibor qaratdi.

Tadbirkor Shahnoza Madaliyeva bog’chani yanada kengaytirish uchun 1 mlrd. so’m kredit zarurligini aytib, viloyat rahbaridan ko’mak so’radi. Milliy bank mas'ullariga masalani o’rganib, ijobiy hal etilishi bo’yicha topshiriq berildi.

Viloyat hokimi Yangi asr MFY hududida barpo etilgan "HAYRUS" nomli maktabgacha ta'lim tashkilotini ham borib ko’rdi.

Qurilish va jihozlash ishlariga 6 milliard so’m mablag’ sarflangan mazkur bog’cha 200 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, shundan 50 nafar kam ta'minlangan oilalar va harbiylar farzandlari imtiyozli ravishda tarbiyalanadi. 

Tumanda 3-7 yoshli bolalar soni 17 128 nafarni tashkil etadi. 2021 yil dekabr oyiga jami 142 ta davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan 3-7 yoshli bolalar soni 13 428 nafarni tashkil etadi. Maktabgacha ta'lim muassasalari qamrovi 2020 yil oxirida 64,1 foiz bo’lsa, 2021 yil dekabr oyiga kelib qamrov ko’rsatkichi 14,3 foizga oshdi va 78,4 foizga yetdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube