Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 140 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ANKLAV HUDUDLARNI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISHGA BERILAYOTGAN E'TIBOR NATIJASIDA FARG’ONA TUMANIDAGI HOSILOT MAHALLASINING QIRG’IZISTON HUDUDIDAGI TOSHTEPA-2 KO’CHASI HAM OBOD MASKANGA AYLANMOQDA

×

 2021-12-14 16:30:09    119

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan birgalikda Farg’ona tumanidagi Hosilot mahallasining Qirg’iziston hududidagi anklav qismi – Toshtepa-2 ko’chasida bo’lib, bir qator ijtimoiy ob'ektlarni foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi va aholi yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Qayta ta'mirlangan 60-umumta'lim maktabi binosining ochilish marosimida so’z olgan viloyat hokimi, Davlatimiz rahbari tomonidan anklav hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga alohida to’xtalib, maktabda o’quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy usti yopiq stadion hamda maktabga xo’jalik hisobida qo’shimcha daromad manbai bo’lishi uchun issiqxona tashkil etilishini ma'lum qildi.

Shuningdek, aholiga xizmat ko’rsatuvchi qishloq vrachlik punkti va mahalla guzari foydalanishga topshirildi. 

Hududga 2 km ichimlik suvi tarmog’i tortilib, 55 ta elektr tayanch ustunlarning o’rnatilganligi mavjud 72 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 260 nafardan ziyod aholining bu boradagi muammolariga munosib yechim topilishiga xizmat qildi.

Viloyat rahbari mahalla ko’chasini to’la shag’allashtirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi. 72 ta xonadonning har biriga tikuv mashinalari berilib, aholi bandligi ta'minlanadigan bo’ldi. Issiqxona tashkil qilish, chorva hayvonlari boqish uchun kredit olish istagida bo’lganlarning ham ro’yxati shakllantirilib, moliyaviy ko’mak ajratilishi belgilab qo’yildi.

Aholi murojaatlaridan kelib chiqib, eski maktab binosi o’rnida maktabgacha ta'lim muassasasi tashkil etiladigan bo’ldi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube