Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 206 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV FARG’ONA TUMANIDA YANGI TASHKIL ETILAYOTGAN KORXONALAR VA AMALGA OSHIRILAYOTGAN INVESTITSION LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2021-12-14 16:42:17    173

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona tumanida yangi tashkil etilayotgan korxonalar faoliyati, kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan investitsion loyihalarning amalga oshirish jarayonlari, mavjud loyihalarning kengaytirish rejalari bilan tanishdi.

Tumanning Mash'al MFY hududida “Garant” korxonasi tomonidan kimyoviy moddalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. 2022 yilning may oyida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan korxonaning umumiy loyiha qiymati 5 mln. AQSh dollariga teng bo’lib, shundan 3 mln. AQSh dollari tadbirkorning o’z mablag’idan iborat. Korxonada magniy oksid, kremniy oksid ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Bir kunda 50 tonna mahsulot tayyorlanadi. Yangi korxonaning to’la quvvatda ishga tushishi natijasida 250 ta ish o’rni yaratiladi.

“Mindonobod Texno Plast” MChJda shurup va samorezlar uchun yarim tayyor mahsulot, sim ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bo’sh turgan ob'ektlardan samarali foydalanish bo’yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir namunasi bo’lgan ushbu korxona bank krediti va tadbirkorning o’z mablag’lari hisobidan 5 mlrd. AQSh dollari sarf etilib tashkil etilgan. Korxonada yillik 15 ming tonnagacha tayyor mahsulot ishlab chiqarish va 80 ta yangi ish o’rni yaratish maqsad qilingan. 2021 yilda foydalanishga topshirilib, hozirda 30 nafar ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan korxona 2022 yilning 4-choragida to’la quvvatda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 2023 yilda bu yerda zamonaviy tikuvchilik korxonasini tashkil etish bo’yicha ham loyiha tayyorlangan.

Bundan tashqari, korxonada 2 ming tonnalik muzlatgichda asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari zaxirasi sifatida joylashtirilayotgan mahsulotlar ham ko’zdan kechirildi. Ayni kungacha bu yerda 500 tonnadan ziyod mahsulot g’amlangan.

Shu kuni “Avval Farzonaxon fayzi” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari ham borib ko’rildi. Viloyat rahbariga 850 tonna kartoshka saqlanilayotgan muzlatgichli omborxona tanishtirildi. Ichki ehtiyojni qoplash import qilinayotgan kartoshkalar asosan Qirg’izistondan keltirilmoqda. Ta'sischilar tomonidan yana 1000 tonna kartoshka olib keltirish uchun bankdan kredit mablag’i olingan.

Viloyat hokimi hamda viloyat sektorlari rahbarlari Farg’ona tumanidagi o’rganishlari davomida 4 gektar maydonni egallagan “Mindonobod” kichik sanoat zonasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarni ham ko’zdan kechirdilar.

2022 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan 18 ta loyiha bo’lib, ularning umumiy loyiha qiymati 20,4 mlrd. so’mga teng. Jami 330 tadan ziyod ish o’rinlari yaratiladi. Tekstil, oziq-ovqat mahsulotlari, mebel, qurilish mollari kabi 16 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Xayrullo Bozorov tadbirkorlar bilan muloqotda ishlarni jadallashtirish lozimligiga e'tibor qaratib, 4 gektar maydonda 400 ga yaqin ish o’rni yaratilishi juda kam ekanligini ta'kidladi va ish o’rinlarini yanada ko’paytirish yuzasidan ko’rsatmalar berdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida viloyatimizga tashrifi chog’ida Farg’ona tumanidagi “Bahodir Log’on” paxta-to’qimachilik klasteriga paxta ekishdan tayyor kiyimlar ishlab chiqarishgacha bo’lgan yagona texnologik zanjirni shakllantirish borasida topshiriq berilgan edi. Viloyat hokimi ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirish uchun ushbu klasterda bo’ldi.

Hozirda 4 mln. dollar mablag’ yo’naltirilib, tikuv-trikotaj tsexi tashkil etilmoqda. Zarur dastgohlar olib kelib o’rnatildi. Ushbu ishlab chiqarish liniyasi ishga tushishi natijasida 800-1000 tagacha yangi ish o’rinlari yaratiladi. Viloyat hokimiga amalga oshirilgan bosqichlar hamda turkiyalik mutaxassislar ko’magida yangi ishchi-xodimlarni zaruriy malakasini shakllantirish borasida qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Xayrullo Bozorov ishlarni jadallashtirish hamda belgilangan topshiriqning ijrosini muddatida bajarish yuzasidan ko’rsatmalar berdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube