Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 194 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDA YOSHLAR FESTIVALI BO’LIB O’TDI

×

 2021-12-16 16:37:43    110

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda hududlarda bo’lib o’tayotgan Yoshlar forumi doirasida bugun Farg’ona tumanining “Dilkusho” mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilgan festivalda uyushmagan yoshlar, tuman ahli ishtirok etdi. 

Dastlab “Sog’lom hayot sari 5 ming qadam” yurish marafoniga start berilib, uch mingdan ziyod yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi keng targ’ib qilindi. Shaxmat-shashka, arqon tortish, tosh ko’tarish, stol tennisi musobaqalari qizg’in bahslar ostida kechdi. Ayniqsa, harbiylarning ko’rgazmali chiqishlari, harbiy qurol va texnikalarning namoyishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. San'atkorlarning kontsert dasturi dillarga xushnudlik ulashdi.

 “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o’g’il-qizlarning taklif va tashabbuslariga boy bo’ldi. Oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirgan 42 nafar yoshlarga kontrakt puli to’lab berilganligi haqida sertifikat, 12 nafariga tikuv mashinasi, pech, o’t o’rish apparati subsidiya asosida topshirildi.

Joriy yilning o’tgan davri mobaynida tumanda “Yoshlar daftari”ga kirgan 4 ming 305 nafar yigit-qizning muammolarini hal etish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Mahallalardagi 1 ming 300 dan ortiq ishsiz yoshlarga dehqonchilik bilan shug’ullanish uchun yer maydonlari ajratilib, daromad topishiga ko’maklashildi. Tadbirkorlik qilish istagidagi 161 nafariga kredit olishda yordam berildi. 1 ming 342 nafari tumandagi bo’sh ish o’rinlariga ishga joylashtirildi. 459 nafariga subsidiyalar ajratilib, turli jihozlar olib berildi. Umuman olganda, olib borilgan amaliy ishlar natijasida 4 ming 146 nafari “Yoshlar daftari”dan chiqarishiga erishildi. “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari bo’lgan 97 nafar talabaning kontrakt puli to’lab berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube