Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 342 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA UCH AVLOD UCHRASHUVI VA O’ZBEKISTON XALQ HOFIZI FATTOHXON MAMADALIYEV XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN MAQOM KECHASI BO’LIB O’TDI

×

 2021-12-19 09:26:43    124

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida “O’zbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida Uch avlod uchrashuvi va O’zbekiston xalq hofizi Fattohxon Mamadaliyev xotirasiga bag’ishlangan maqom kechasi bo’lib o’tdi.

Viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirok etgan bayram tadbirida viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov so’zga chiqib, yig’ilganlarni yaqinlashayotgan yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Fayzullo Qosimov o’z so’zida 2021 yil viloyatimizda katta muvaffaqiyat bilan yakunlanganini, yoshlarimiz ilm-fan, ta'lim-tarbiya, ma'naviyat, kitobxonlik borasida, hamda xalqaro sport musobaqalarida katta yutuqlarni qo’lga kiritishganini faxr bilan qayd etdi. 

O’zbekiston xalq hofizi, sozanda bastakor, ustoz-murabbiy, professor Fattohxon Mamadaliyevning an'anaviy ijrochilik rivoji yo’lidagi beqiyos xizmatlari, milliy musiqa va qo’shiqchilik san'atimizni olamga tanitishdagi salmoqli hissasi alohida e'tirof etildi.

Maqom san'atining barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirish, yoshlarni yuksak gumanistik ideallar ruhida tarbiyalashdagi beqiyos ta'sirini inobatga olib, mamlakatimizda maqom ruhi va falsafasini har bir inson qalbidan, avvalo, unib-o’sib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi yo’lida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligiga alohida urg’u berildi.

Maqom kechasida to’kin dasturxon atrofida, bir piyola choy ustida dildan suhbat qurildi. Zamonaviy mumtoz san'atimizning atoqli vakillari – O’zbekiston Respublikasi xalq artistlari Munojot Yo’lchiyeva va Abdulahad Abdurashidov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Gulbahor Erqulova, O’lmas Olloberganov, Munojat Teshaboyeva va boshqa qator taniqli san'atkorlar, yosh iste'dodlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar, raqslar bayramga yanada shukuh olib kirdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube