Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK IXTIROCHI YANA BIR BOR KOSMOSNI ZABT ETDI: VILOYATIMIZDA “O’ZBEKISTON YOSHLAR FORUMI - 2021” DOIRASIDA “ICT FERGANA 2021” HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA

×

 2021-12-23 15:15:34    109

PDF yuklash
Chop etish


Marg’ilon shahridagi raqamli texnologiyalar markazida 20 dekabrdan 25 dekabrgacha xakaton, ideaton, robototexnika va kibersport yo’nalishlarida “ICT Fergana 2021” haftaligi tanlovlari o’tkazilmoqda. O’zbekiston yoshlar forumi - 2021” doirasida tashkil etilayotgan ushbu tanlovlarda bugun robototexnika yo’nalishida qatnashayotgan yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Uning ochilish marosimida so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov o’g’il-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sohaga qaratilayotgan e'tibor haqida to’xtaldi. 

Axborot texnologiyalariga qiziquvchi 500 nafardan ortiq yoshlarni bir yerga jamlagan haftalik doirasida bugunga qadar turli yo’nalishlarda 120 ta loyihalar taqdimoti o’tkazildi. 

Raqamli texnologiyalarni yaratish va amaliyotga tadbiq etishda o’ziga hos tajriba to’plagan Farg’ona politexnika instituti talabalari ham tanlovda faol qatnashib, avtomashinalarga o’rnatiladigan havfni oldindan sezish imkoniga ega qurilma loyihasini namoyish etishdi. 

O’zbekiston tarixida ilk marta kosmosga mini sputnik uchirgan va 42 ming metr balandlikdan YErni tasvirga olgan farg’onalik yosh ixtirochi Ziyodullo Butaxonov esa bu safar 50 km uzoqlikka ko’tarila oladigan stratostat qurilmasini kosmosga uchirdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Farg’onada IT sohasida ilk natijalarga erishilayotganligini e'tirof etishdi. Xususan, Marg’ilon raqamli texnologiyalar markazida hozirda 400 nafardan ortiq yoshlarga bilim berib kelinmoqda va markaz rezidentlari tomonidan yaratilgan 10 ga yaqin loyihalar amaliyotda o’zini oqlab ulgurdi. 

Viloyat xokimligi, hududiy boshqarma va tashkilotlar, o’quv markazlari hamkorligida “ICT Fergana 2021” haftaligida tashkil etilayotgan tanlovlar yakunida g’olib va sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilarning diplom hamda esdalik sovg’alari topshiriladi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube