Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 206 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QON SHAHRIDAGI TEPAQO’RG’ON ARXEOLOGIK YODGORLIGI ATROFI OBOD QILINADI, ARXEOLOGIK QAZISH ISHLARI QAYTA YO’LGA QO’YILIB, ASHURALI ZOHIRIY MUZEYI TASHKIL ETILADI

×

 2021-12-24 16:38:24    220

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kecha Qo’qon shahrida bo’lib, Tepaqo’rgon arxeologik yodgorligi bilan tanishdi. 

Qo’qon shahri markazidan o’rin olgan ushbu yodgorlik, tarixiy arxeologik majmua sifatida 2008 yilda taniqli arxeolog olim Abdulhamid Anarbayev rahbarligidagi otryad tomonidan aniqlangan bo’lib, bu yerda 2011 yilda keng ko’lamli arxeologik qazishmalar amalga oshirilgan. Natijada bu yerda miloddan avvalgi birinchi va milodiy asr boshlarida urbanizatsiyalashgan qarorgoh shakllanganligi va arablar bosqiniga qadar faoliyat ko’rsatganligi aniqlangan. Ochilgan tarixiy qazilmalar konservatsiya qilingan.

Shu bilan birga, ushbu hududning bir qismi o’tgan asrning 20-30 yillarida qatag’on siyosatining o’lim tegirmoniga tashlanib, kishi bilmas ko’mib yuborilgan hamyurtlarimiz xoklarini o’z bag’riga olgan.

Viloyat hokimi bu yerda mahalliy oqsoqollar hamda mutaxassislar bilan birga muloqot qildi, hudud bilan tanishdi. O’rganishlar natijasida ushbu qarovsiz bo’lib kelayotgan hududni obodonlashtirish, qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, professor Abdulhamid Anarbayevni jalb qilgan holda arxeologik qazish ishlarini qayta yo’lga qo’yish kabi masalalar bo’yicha umumiy to’xtamga kelindi, mutasaddilarga vazifalar belgilandi.

Xayrullo Bozorov, davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan Turkistondagi jadidchilik harakatining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri, qatag’on qurboni Ashurali Zohiriyning muzeyini tashkil qilish lozimligini ta'kidlab, ushbu muzeyni Tepaqo’rg’on arxeologik yodgorligi hududida joylashtirish tashabbusini o’rtaga tashladi. 

Viloyat hokimi, belgilangan ishlarni amalga oshirishga kirishish uchun qisqa muddatda arxeologik yodgorlik va unga yondosh hududlarning topografik s'yomkasini o’tkazish bo’yicha mas'ullarga topshiriq berdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube