Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV QO’QON SHAHRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY SOHALARDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAMDA “QO’QON” YOSHLAR KICHIK SANOAT ZONASIDAGI LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2021-12-24 16:41:43    107

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, kecha viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Qo’qon shahrida bo’lib, shaharda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, berilgan topshiriqlar ijrosi hamda “Qo’qon” yoshlar kichik sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi.

Xayrullo Bozorov, "Qo’qon” yoshlar kichik sanoat zonasida loyiha tashabbuskorlari hamda shahar mas'ullari ishtirokida muloqot o’tkazdi. Sanoat zonasiga joylashtirilgan jami 64 ta loyihaning 16 tasida qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirib, yangi korxona binolarining tom qismi yopilgani, 33 tasida qurilish ishlari jadallik bilan davom etayotgani ma'lum bo’ldi. Hozirda bir nechta korxonada shu jumladan armatura, tekstil mahsulotlari, rezina mahsulotlari va MDFlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish boshlangan. Umumiy qiymati 266 milliard so’m bo’lgan jami loyihalarning ishga tushishi natijasida 2,5 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan.

Tadbirkorlar viloyat rahbariga korxonalarning gaz ta'minotini to’la yo’lga qo’yish masalasida ko’mak so’radilar. Viloyat hududiy gaz ta'minot idorasining mas'uliyatsizligi natijasida Respublika byudjetidan kichik sanoat zonalarini gaz bilan ta'minlash ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag’lar o’zlashtirilmay qolgani qayd etilib, hozirda bu muammoni bartaraf etish hamda belgilangan ishlarni jadallashtirish bo’yicha ish tashkil etilgani ma'lum qilindi.

Viloyat hokimi, shuningdek Koreyaning Hanshin Engineering & Construction kompaniyasi tomonidan Qo’qon shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan K-Town shaharchasi uchun mo’ljallanayotgan hududni ham ko’zdan kechirib, loyihaning shaharning kelgusi yillardagi bosh rejasi bilan uyg’unligini ta'minlash bo’yicha ko’rsatma berdi.

Xayrullo Bozorov, Qo’qon shahri hokimi va sektorlari rahbarlari bilan mahallalarda tizimli ish tashkil qilish, shahar maktablarida davomatni ta'minlash, shaharda jinoyatchilikni kamaytirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan muhokama ham o’tkazdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube