Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 212 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDA RESPUBLIKAMIZDAGI ILK SHAHAR BOLALAR POLIKLINIKASI OCHILDI. YANGI TIBBIYOT MUASSASASI FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTINING PEDIATRIYA KLINIK O’QUV BAZASI BILAN BIR BINODA FAOLIYAT OLIB BORADI

×

 2021-12-24 17:08:48    211

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi Bolalar poliklinikasi hamda Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining pediatriya klinik o’quv bazasi binosining foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

Viloyat rahbari tibbiyot tizimidagi o’zgarishlar, islohotlar, mavjud muammolarning birma bir hal bo’layotganligi to’g’risida to’xtalib, Farg’onada Respublikada birinchi bo’lib, shahardagi bo’sh turgan bino negizida 95 ming nafardan ziyod 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga yuqori malakali ihtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatilishi uchun poliklinika tashkil etilganiga e'tibor qaratdi. 

Muassasani ta'mirlash ishlariga “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladigan mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 750 million so’m mablag’ sarflandi.

Poliklinika 944 million so’mlik zamonaviy tibbiy jihozlar, jumladan raqamli rentgen apparati, ultratovush apparati, stomatologiya, exoelektroentsefolograf apparatlari bilan ta'minlangan. 18 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun barcha tibbiy mutaxassisliklar bo’yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko’rsatiladi.

Bundan tashqari, shaharda istiqomat qilayotgan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarning elektron bazasi yaratilib, aholiga qulaylik yaratish maqsadida poliklinikada “Elektron navbat” tizimi joriy etilmoqda.

Viloyat rahbari binoda Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining pediatriya klinik o’quv bazasi faoliyati ham yo’lga qo’yilganligini, xorijlik talabalar bu yerda ham o’qib, ham amaliyot orqali tajriba orttirishlarini aytib o’tdi. 

Shundan so’ng ramziy tasma qirqilib, tadbir ishtirokchilari poliklinika va klinik o’quv bazasi faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. 

Xayrullo Bozorov binoning 4 qavatida joylashgan o’quv xonalarini ko’zdan kechirib, xorijlik talabalar bilan suhbatlashdi. 150 ga yaqin horijlik talabalar tahsil olayotgan Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida hozirda yangi binoda alohida kafedra tashkil etilgan. Talabalarga 19 nafar o’z sohasining mutaxassislari bo’lgan malakali professor-o’qituvchilar shu jumladan besh nafar pokistonlik mutaxassislar bilim sirlarini o’rgatishmoqda. 

Shu yerda viloyat rahbari Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tomonidan taklif etilgan va xorijlik hamkorlar ishtirokida qurilishi rejalashtirilgan yangi tibbiyot maskanlari loyihalari bilan ham tanishdi. Ularni qo’llab-quvvatlab, amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan zarur ko’rsatma va topshiriqlar berdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube