Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 161 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


CO’X TUMANIDA XORIJIY INVESTITSIYA ISHTIROKIDA SABZAVOT VA GUL KO’CHATLARI YETISHTIRISHGA MO’LJALLANGAN INNOVATSION ISSIQXONALAR TASHKIL ETISH REJALASHTIRILMOQDA

×

 2021-12-27 15:32:09    121

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev bugun viloyat hokimligida Gruziyaning “Mza Chitili” va “WG Techno” kompaniyalari bosh direktori, turkiyalik ishbilarmon Erxan Zorlu bilan uchrashdi.

Muloqot chog’ida So’x tumanida yangi loyihalarni amalga oshirish bilan birga yangi navdagi sabzavot va gul ko’chatlari yetishtirishga mo’ljallangan issiqxonalar tashkil etish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda viloyat hokimi o’rinbosari Iqboljon Ergashev Farg’ona viloyatining Gruziya davlati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalariga to’xtaldi. Shuningdek, So’x tumanida qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlar bo’yicha salohiyati haqida ma'lumotlar berdi.

Erhan Zorlu So’x tumanining iqlimidan kelib chiqib, u yerdagi aholini ishga jalb qilgan holda issiqxonalarda YEvropa bozorlari talabiga mos sabzavot va gul ko’chatlari parvarishlash, uni dunyo bozorlariga eksport qilish niyatida ekanligini ma'lum qildi. 

Buning uchun investor tomonidan sabzavot va gul ko’chatlari yetkazib berilishi, laboratoriya, mutaxassislar jalb qilinishi, ko’chatlarni yetilgunga qadar bo’lgan jarayonlar nazorat qilib borilishini bildirdi. Maxsus texnologiyalar jalb qilinib, suv chiqarish ham investor tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, investorlar So’x tumanida forel balig’i yetishtirish va konserva holatida eksport qilish loyihasi ustida ham ish olib boradilar.

Iqboljon Ergashev xorijiy investorlarga yurtimizda yaratilgan soliq imtiyozlari haqida ham tushunchalar berib o’tdi. 

Bundan tashqari, loyihani kooperatsiya usulida amalga oshirish uchun tumandan 100 ta xonadon ro’yxati shakllantirilishi, yer maydoni ajratilishi masalasi ham ko’rib chiqilishi aytib o’tildi. 

Mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda ikki tomon qonun doirasida yaqin kunlarda yangi loyihani amalga oshirish yuzasidan hududning o’zida kelishuvlar olib borishadi.

Yil yakuniga qadar So’x tumanida Gruziya ishtirokidagi qo’shma korxona davlat ro’yxatidan o’tkaziladi.

“WG Techno” kompaniyasi Gruziya bozorida 2010 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya mijozlarga qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan sug’orish tizimlarining to’liq liniyasini, shuningdek polietilen quvurlarni, infratuzilma va yo’l qurilishi uchun barcha zarur texnologiyalarni yetkazib beradi.

“Mza Chitili” esa yuqori sifatli sabzavot va gul urug’lari, ko’chatlari hamda savbavotlar yetishtirish, shuningdek Gruziya fermerlariga italyan texnologiyalari va robototexnika asosida payvandlangan sabzavot va gul ko’chatlari ham yetkazib berish bilan shug’ullanadi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube