Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 323 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


INSON QADRI UCHUN – BAG’DODDA BOQUVCHISINI YO’QOTGAN OILALARGA YANGI UYLAR QURIB BERILDI

×

 2021-12-27 22:14:22    111

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Bag’dod tumanining “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, boquvchisini yo’qotgan 12 ta oilaga xayr-saxovat mablag’lari va hashar yo’li bilan qurib berilgan uylarni egalariga topshirish tadbirida ishtirok etdi, tashabbuskorlar va uy egalari bilan suhbatlashdi.

Tumandagi “Qorovultepa” jome masjidi imomi Mahmudxon Abdullayev joriy yilning aprel oyida tuman hokimining qabulida bo’lib, boquvchisini yo’qotgan oilalarni ijtimoiy-moddiy qo’llab-quvvatlash uchun xayr-saxovat mablag’lari hisobiga uy qurib berish tashabbusini bildirgan edi. Mazkur tashabbus tuman hokimi Vosiljon Nazarov tomonidan to’liq qo’llab-quvvatlandi: kerakli mutaxassislar ishga jalb qilinib, loyihalar tayyorlandi, uylarda aholi uchun zarur barcha qulayliklarni yaratishga alohida e'tibor qaratildi.

Viloyat hokimi Yangi yil arafasida shuncha oilaning yangi uy-joy egasiga aylangani ularga munosib bayram sovg’asi bo’lganini ta'kidlab, yangi uylarda yurtimizga, xalqimizga xizmat qiladigan vatanparvar yigit-qizlar kamol topishiga tilak bildirdi hamda tashabbuskorlarga va bu uylarning qurilishida ishtirok etganlarga minnatdorchilik izhor qildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube