Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RESPUBLIKADA ILK BOR FARG’ONA SHAHRIDA YAGONA SHAHARSOZLIK KONTSEPTSIYASIGA ASOSLANGAN RENOVATSIYA DASTURI ISHLAB CHIQILIB, AMALIYOTGA TADBIQ ETISHGA KIRISHILMOQDA

×

 2021-12-27 23:08:43    116

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligida Respublikada ilk bor Farg’ona shahrida amalga oshirish rejalashtirilayotgan yagona shaharsozlik kontseptsiyasiga asoslangan Renovatsiya dasturi muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov rahbarligida o’tkazilgan yig’ilishda viloyat va shahar sohasi mas'ullari, qurilish tashkilot va idoralari hamda shahar sektorlari rahbarlari, shuningdek respublikamizda taniqli me'mor, Samarqand arxitektura va qurilish instituti professori Kamol Rahimov ishtirok etdilar. 

Qurilish sohasi jadal rivojlanib borayotgan bugungi kunda shaharlarda yangi binolar qurish jarayonida mavjud kommunikatsiya tarmoqlarining quvvatini hisobga olinmayotgani, shahar ichida yangi shaharchalar barpo etishda alohida gaz, suv, elektr va kanalizatsiya quvvati tashkil etilmasdan, mavjud tarmoqlarga ulanish natijasida muammolar kelib chiqayotgani qayd etildi. Bu holatda mavjud binolarni renovatsiya qilish orqali qo’shimcha turar-joy hamda tadbirkorlik sub'ektlari shakllantirish mumkinligiga e'tibor qaratildi. Renovatsiyani turli shakllarda amalga oshirish, xususan binolarni rekonstruktsiya, restavratsiya, modernizatsiya qilish, kapital ta'mirlash yoki eskirgan va avariya holatidagilarini buzib yangidan qurish mumkin.

Yig’ilishda renovatsiyaning asosiy mohiyati hamda jahon tajribasidagi muvaffaqiyatli renovatsiya loyihalari haqida taqdimot ham o’tkazildi.

2016 yilda ishlab chiqilgan shaharning batafsil rejalashtirish loyihasini (BRL) tayyorlash jarayonida shaharda mavjud binolarning tarixiy ahamiyati, hududlarning mavjud me'moriy holat, o’ziga xos me'moriy ko’rinishga ega bo’lgan binolarning joylashuvi to’la e'tiborga olinmagani, bu o’z navbatida yagona kontseptsiyaga uyg’un bo’lmagan, turli yuksaklikda hamda ko’rinishdagi binolarning qad rostlashiga olib kelayotgani tanqidiy muhokama qilindi. Ushbu jihatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilayotgan Renovatsiya dasturi Farg’ona shahri uchun yaxlit shaharsozlik kontseptsiyasini belgilab olish hamda shahar aholisi uchun qulay hayot tarzini ta'minlashdan iborat.

Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan olib borilgan o’rganish natijalaridan kelib chiqib, shaharning markazidagi 496 gektar hududda renovatsiya ishlariga kirilishi ma'lum qilindi. Keyingi bosqichda Qirguli massivi, ortidan Qo’qon shahrida bu jarayonga kirishilishi belgilab olindi. Bunda hududda mavjud har bir bino birma bir o’rganib chiqilib, har birining renovatsiya loyihasi ishlab chiqiladi. Har bir loyihada binoda yashovchi aholining yoki bino egasi tadbirkorning manfaati va roziligi ustuvorlik kasb etadi, atrofni obodonlashtirish hamda landshaft dizayniga alohida e'tibor qaratiladi. Maxsus tashkil etiladigan onlayn portalga ushbu ma'lumotlar joylanadi. Tadbirkorlar o’zlariga ma'qul kelgan loyihani tanlab, uni amalga oshirish bo’yicha onlayn murojaat qilish imkoni yaratiladi. 

Viloyat qurilish bosh boshqarmasi qoshida Farg’ona shahrini Renovatsiya dasturini loyihalash bo’yicha alohida loyiha guruhi shakllantirish, kommunal sohalar mutasaddilariga o’z yo’nalishlarida parallel loyihalash ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilandi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube