Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 216 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK 25 NAFAR XOTIN-QIZLAR GRANT MABLAG’LARI HISOBIDAN O’Z TADBIRKORLIK FAOLIYATLARINI BOSHLASHADI

×

 2021-12-29 08:14:09    112

PDF yuklash
Chop etish


Farg’onada viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi va “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi hamkorligida, Frantsiyaning Texnik hamkorlik va taraqqiyot agentligining (ACTED) O’zbekistondagi filiali ko’magida “O’zbekistonda ayollarni qo’llab-quvvatlash, himoya qilish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun fuqarolik jamiyatini kuchaytirish” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi “Ayollar” va “Yoshlar” daftariga kiritilgan xotin-qizlarga psixologik va huquqiy yordam berish, ularga kichik bizneslarini tashkil qilishga ko’maklashishdan iborat.

Bugun Farg’ona shahrida bo’lib o’tgan tadbirda loyiha doirasida ijtimoiy ximoyaga muxtoj xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati va kichik grant sohiblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi To’lqinoy Tojiyeva, “Mehrjon”ayollar va bolalar markazi rahbari Xurshida Ibragimova, deputatlar, ichki ishlar organlari xodimlari hamda malakali huquqshunoslar ishtirok etdi.

To’lqinoy Tojiyeva kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan yig’ilganlarni qutlab, ayollar bandligini ta'minlash, tadbirkorligiga keng yo’l ochish borasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan so’z yuritdi. 25 nafar xotin-qizga 45 ming AQSh dollari miqdorida moliyaviy ko’mak ko’rsatilib, bu oilalar qo’shimcha daromad manbasiga ega bo’lishayotganini ta'kidladi.

Shundan so’ng tikuvchilik tsexi, go’zallik saloni va kafelar, kompyuter xizmati tashkil etish kabi turli yo’nalishlarda grant g’olibi bo’lganlar taqdirlandilar. Ularga zamonaviy dastgoh va uskunalar topshirildi.

“Kafe biznesini yuritish uchun 25 million so’mlik grant sohibasi bo’ldim. Bizga 1 oy davomida mutaxassislar tadbirkorlik sirlarini o’rgatishdi. Juda xursandmiz. Men o’zim 4 ta yangi ish o’rni yaratdim”,-deydi Yozyovon tumanining Qorasoy MFY da yashovchi Manzura Tolipova.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube