Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZNING YANGI QIYOFASINI BARPO ETISHGA SALMOQLI HISSA QO’SHAYOTGAN QURILISH SOHASI VAKILLARI UCHUN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2021-12-29 08:19:08    111

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Fayz” tantanalar majmuasida viloyatimiz qurilish sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, mohir quruvchi va muhandislar, usta va me'morlar, loyihachi va pudratchi tashkilotlar vakillari uchun tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar. 

Xayrullo Bozorov yig’ilganlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etib, viloyatimiz quruvchilari amalga oshirgan ishlar o’tayotgan yilda respublika bo’yicha namuna bo’lganiga, kelayotgan yilda bundan ham yuqori marralarni ko’zlash kerakligiga e'tibor qaratdi.

Viloyat hokimi qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, Davlatimiz rahbari tomonlaridan uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish masalasiga qaratilayotgan katta e'tiborning ahamiyati borasida o’z fikrlarini bildirdi.

“Qaysi joyda yangi qurilishlar bo’lsa, qaysi yerda ko’kalamzorlashtirish, obodonchilik bo’ladigan bo’lsa, o’sha yerda yashayotgan odamlarning kayfiyati yuqori bo’ladi, ruhiyati baland bo’ladi. Bunday muhitda o’sayotgan farzandlarimiz ham go’zal xulqli, yaxshi tarbiyali bo’lib yetishadi”, - dedi Xayrullo Bozorov.

Daromadi yuqori bo’lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga Davlat byudjetidan subsidiyalar hajmi kelgusi yilda bu yilgiga nisbatan ikki barobar ko’payishini aytib o’tgan viloyat hokimi, 2022 yilda viloyat bo’yicha 500 ta ko’p qavatli turar-joy qurish lozimligini qayd etdi.

Viloyat rahbari qurilish sohasidagi tenderlarda inson omili yo’qolayotganini, tizimda adolatni, shaffoflikni ta'minlash, korruptsiyani yo’qotish asosiy maqsadga aylanganini aytib, Farg’ona viloyati qurilishlar ko’lami va sifati bilan birga sohada halol raqobat tadbiq etilgani bilan ham namuna bo’lishi kerakligini ta'kidladi.

Shundan so’ng 2021 yil davomida yuqori muvaffaqiyatlarga erishgan, samarali va fidokorona mehnatlari bilan viloyatimizning yangi qiyofasini barpo etishga salmoqli hissa qo’shayotgan bir guruh qurilish sohasi fidoyilari viloyat hokimining faxriy yorliqlari va sovg’alari bilan taqdirlandilar. 

Viloyatimizdagi taniqli san'atkorlar ishtirokida tashkil etilgan kontsert dasturi esa yig’ilganlarga yanada ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube