Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 339 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANGI YIL ARAFASIDA OLTIARIQDA 48 TA EHTIYOJMAND OILA UYLI VA “YOSHLAR DAFTARI”GA KIRITILGAN 53 NAFAR YIGIT-QIZ ISHLI BO’LDI

×

 2021-12-29 08:20:22    113

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Oltiariq tumani Fayziobod MFYda kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo’lgan shaxslar uchun qurib berilgan uylarni foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

Bir paytlar qarovsiz yotgan 4 qavatli binoda homiylar ko’magi hamda byudjet mablag’lari hisobidan 48 ta xonadonli ko’rkam uy-joy bunyod etilib, oilalarga to’lovlarsiz berilganidan mamnun bo’lgan viloyat rahbari barchani yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Ayniqsa, yangi uy-joylarga ko’chib chiqayotganlar uchun qo’shaloq bayram bo’lganiga e'tibor qaratdi. Bu uy-joylarda xalqqa xizmat qiladigan, vatanparvar o’g’il-qizlar kamol topishiga tilak bildirdi. 

Shundan so’ng tumandagi “Yoshlar” daftariga kiritilgan 53 nafar yigit-qizlarga o’z-o’zini band qilishi va daromad manbalariga ega bo’lishlari uchun inkubator apparatlari, motokultivator, pishiriqlar uchun pechlar, tikuv mashinalari topshirildi.

Yoshlar bilan muloqot qilgan Xayrullo Bozorov, mehnat qilgan odam kam bo’lmasligini, kichik tadbirkorlik katta biznes sari yo’lning debochasi bo’lishini qayd etdi. 

Yangi uy egalari va yoshlar davlatimiz rahbariga e'tibor va g’amxo’rlik uchun minnatdorchiliklarini izhor qildilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube