Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI QUVA, YOZYOVON VA OLTIARIQ TUMANLARIDA BO’LIB, QISHLOQ XO’JALIGI TEXNIKALARI SOZLIGI VA HOLATI BILAN TANISHDI

×

 2021-12-29 08:22:26    113

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizning barcha tumanlarida bo’lib, kelgusi yilda qishloq xo’jaligi ekin-tekin mavsumida ishtirok etadigan texnikalar sozligi va holati bilan tanishmoqda.

Bugun ham viloyat rahbari Quva, Yozyovon va Oltiariq tumanlaridagi markaziy mashina-traktor parklarida bo’lib, mexanizator va fermer xo’jaligi a'zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda mavsum oldida turgan dolzarb vazifalar haqida fikr va mulohazalar bildirildi.

Viloyat rahbari reja bu nisbiyligini, asosiysi manfaatdorlikka e'tibor qaratish zarurligiga alohida urg’u berdi.

"Marrani katta olish kerak. Kelgusi yil 50 tsentnerni ko’zlagan fermer, kamida 45 tsentner oladi. Qo’shimcha hosildorlik bu – qo’shimcha daromad degani. Yaxshi daromad olgan fermerda yangi texnika sotib olishga imkon tug’iladi, ishchilariga alohida e'tibor bilan qaraydi, kelgusi yilda yanada yuqori marrani ko’zlaydi. Shunday ekan fermerning qo’li ochiq bo’lishi kerak, mexanizator, suvchi, a'zolarga bayram qilib, kelgusi yilgi rejalarni maslahatlashib olishi kerak. Daromaddan birini uyini, birini to’yini qilib beraman deb ularni qiziqtirish kerak", - dedi Xayrullo Bozorov. 

Uchrashuvlar yakunida tumanlardagi ilg’or mexanizatorlarga 2 million so’mdan mukofot pullari va esdalik sovg’alari topshirildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube