Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 352 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


PREZIDENT SOVG’ALARI FARG’ONALIK BOLAJONLARGA BIR OLAM QUVONCH ULASHDI

×

 2021-12-29 21:23:09    99

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi viloyat teatr-kontsert saroyida farg’onalik o’g’il-qizlar uchun “Prezident archasi” bayrami tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda viloyat sektorlari rahbarlari qatnashdilar.

Tadbirda viloyat hokimi bolajonlarni yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Yangi yil bayramida o’g’il-qizlar uchun "Prezident archasi" bayram tadbirlari tashkil etilib, Prezidentimiz sovg’alari topshirilishi o’ziga xos an'anaga aylanganligini, bu yil ham viloyatimiz bo’yicha 605 nafar bolajonlarga ana shunday sovg’alar topshirilishini aytib o’tdi. Bunga munosib ravishda kelajagimiz egalarini yaxshi o’qib, hunar egallab, yurt manfaati, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan insonlar bo’lib voyaga yetishga, mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevori bo’lishga chorladi. 

Shundan so’ng tarkibida shirinliklar, o’quv qurollari va Bolalar entsiklopediyasi bo’lgan "Prezident sovg’alari" bolajonlarga tantanali tarzda topshirildi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo’lida qurbon bo’lgan 3–15 yoshdagi o’g’il-qizlar bunday g’amxo’rlikdan sevinchga to’ldilar. E'tiborlisi, 73 nafar 12 yoshdan oshgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga maxsus planshet solingan sovg’alar tuhfa etildi. 

"Yangi saltanatda yangi yil bayrami" nomli teatrlashgan sahna chiqishlari esa barchaga bir olam quvonch bag’ishladi. 

"Biz Farg’ona tumanidan keldik. Marg’ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyidan 5 nafar bolalarni asrab olib, ularga o’z farzandlarimizdek ta'lim-tarbiya berib kelmoqdamiz. Bugungi tadbirlar, Prezident sovg’asi, Qorboboning chiqishlari bizni ham, o’g’il-qizlarimizni ham juda hursand qildi", - deydi Nabijon Valiyev.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube