Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 244 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANGI YIL BAYRAMI OLDIDAN IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARINING HOLIDAN XABAR OLINIB, ULARGA PREZIDENT TABRIGI VA SOVG’ALARI TOPSHIRILDI

×

 2021-12-30 18:48:54    162

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Lutfulla Buzrukov, viloyat Mudofaa va Xavfsizlik tizimlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari birgalikda viloyatimizning qator shahar va tumanlarida bo’lib, Ikkinchi Jahon urushi faxriylarini yo’qlab bordilar.

Dastlab Farg’ona tumani Vodil qishlog’ida yashovchi Orifjon ota Mo’minov xonadoniga borildi. Harbiy orkestr ijrosidagi tantanali kuylar, mehmonlarning ochiq chehra bilan kirib kelishlari otaxon va uning oila a'zolarini behad sevintirdi. Orif ota urushdan so’ng kolxozda traktorchilik qildi. Turmush o’rtog’i Maxfiratxon aya bilan 13 nafar farzandni tarbiyalab, uyli-joyli qildi. Bugun esa nevara-yu evaralar bag’rida umrguzaronlik qilmoqda.

Viloyat hokimi otaxonni yangi yil bayrami bilan tabriklab, Prezident tabrigini o’qib eshittirdi. Esdalik sovg’alarini olgan otaxonning bir quvonchi o’n hissaga ortdi.

Otaxon urushning daxshati haqida gapirar ekan, bugungi kunga shukronalik, mustaqil diyorda yashashning qadriga yetish muqaddas burchimiz ekanligini aytib o’tdi.

Bayram tantanalari Farg’ona shahri Lolazor mahallasida yashovchi, 98 yoshni qarshilagan Qurbon ota Sattorov xonadonida davom etdi. Viloyat hokimi, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, viloyat Mudofaa va Xavfsizlik tizimlari rahbarlarining sovg’a-salomlar bilan xonadonga kirib kelishlari otaxonni quvontirdi.

Xayrullo Bozorov Davlat rahbarining yangi yil bayrami arafasida urush faxriylarining xolidan xabar olish bo’yicha bergan topshiriqlariga asosan Prezident tabrigi va sovg’alari bilan kelganini aytdi.

Qurbon ota tabrik va sovg’alarni qabul qilib olar ekan, “Biz doimo e'tibor va e'zozdamiz. Bundan juda xursandmiz. Davlatimizga, Prezidentimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, - dedi.

Uchrashuvlar chog’ida har bir urush qatnashchisiga “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni, dori-darmon uchun 1 million so’mlik sertifikat hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Davlatimiz rahbarining Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilariga yo’llagan tabrigi, sovg’a-salomlari va “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan 37 nafar urush faxriylariga Yangi yil bayrami arafasida yetkazilmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube