Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 206 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATINING 2022 YILGI MAHALLIY BYUDJETI PARAMETRLARI TASDIQLANDI

×

 2021-12-30 19:12:54    205

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi o’ttiz to’qqizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda senatorlar, deputatlar, moliya, soliq idoralari rahbarlari va boshqa tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibiga ko’ra, 3 ta masala ko’rib chiqildi. Dastlab 2021 yil yakuni bilan Farg’ona viloyati mahalliy byudjetining kutilayotgan ijrosi hamda 2022 yilga mo’ljallangan loyihalar to’g’risida viloyat moliya boshqarmasi boshlig’i Zafarjon Ro’zaliyevning axboroti tinglandi.

Ta'kidlandiki, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, 2021 yil yakunida mahalliy byudjet daromadlari prognoz qilingan 2 594,7 mlrd.so’mdan ham oshirilib, 3 380,1 mlrd.so’mga bajarilishi kutilmoqda. Natijada mahalliy byudjet daromadlarini prognozdan oshirib bajarilishi 785,4 mlrd.so’mni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. 

2022 yilgi mahalliy byudjet daromadlari prognozi esa 4 242,5 mlrd.so’m, byudjet xarajatlari 5 619,9 mlrd. so’m bo’lishi prognoz qilinmoqda.

 Sessiyada viloyat moliya boshqarmasi boshlig’i tomonidan nazarda tutilgan xarajatlar haqida yo’nalishlar va sohalar kesimida ma'lumot berildi.

Shundan so’ng deputatlar va ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar va takliflarni o’rtaga tashladilar. Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Farg’ona viloyatining 2022 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to’g’risida”gi tegishli qarori qabul qilindi.

Shuningdek, sessiyada viloyatda qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar bo’yicha mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar ham ko’rib chiqildi. Viloyatda ma'muriy sudlar tomonidan 2021 yil 11 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ko’riladigan chora-tadbirlar yuzasidan viloyat Ma'muriy sudining raisi Doniyorxo’ja Maxamatovning ma'ruzasi eshitildi. 

Ko’rilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari qabul qilindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube