Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 227 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAHALLALARDA YANGI TASHKIL ETILGAN YOSHLAR YETAKCHILARI UCHUN SEMINARLAR O’TKAZILMOQDA

×

 2022-01-05 20:56:03    154

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Shodiyona MFY hamda Qo’shtepa tumanidagi Nurafshon MFY misolida mahallalarda yangi tashkil etilgan yoshlar yetakchilari uchun namunaviy seminar tashkil etildi.

Seminarlarga yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi vakillari, O’zbekiston yoshlar ittifoqi shahar va tuman kengashi yetakchilari jalb qilindi.

Unda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov ishtirok etdi va yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari haqida ishtirokchilarga batafsil tushuncha berdi.

Tadbirlar davomida 14-30 yosh toifasidagi yoshlar o’rtasida sportning futbol, volleybol, basketbol, shashka, stol tennisi kabi turlari bo’yicha musobaqalar shuningdek, kitobxonlik yo’nalishi, madaniyat va san'atning ikki yo’nalishi, kompyuter savodxonligi bo’yicha treninglar tashkil etildi.

Har bir yetakchi yoshlarga o’zlarining mahallasidagi yoshlar o’rtasida shu kabi bellashuv va musobaqalarni muntazam tashkil etishlari bo’yicha topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

Bunday seminarlar viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida ish boshlagan 1055 nafar yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari “yoshlar daftari” va yoshlar dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini ta'minlash, mahalladagi har bir yoshlar bilan manzilli ishlab, ularni muammolarini hal etish, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ayniqsa “Beshta muhim tashabbus” ijrosini tashkil etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hokim yordamchilari bilan birgalikda yoshlarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirish va bandligini ta'minlashdan iborat.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube