Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YUSUFJON XUSAINOV BAG’DOD TUMANI HOKIMI ETIB TAYINLANDI 

×

 2022-01-25 10:16:36    184

PDF yuklash
Chop etish


Bugun bo’lib o’tgan xalq deputatlari Bag’dod tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yusufjon Xusainov Bag’dod tumani hokimi etib tayinlandi.

Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi va nutq so’zladi.

"Hokimlik og’ir ish, tumandagi iqtisodiyotdan tortib, ijtimoiy sohasiga javob berish kerak. Bag’dodda Vosiljon Nazarov harakatchanligi, topshiriqlarni tushunib ishlagani e'tirofga loyiq",- dedi viloyat hokimi.

Bag’dod tumanining sanoat, ishlab chiqarish sohasidagi yutuqlari, respublikaga nomi ketgan "Bag’dod tajribasi" haqida to’xtalib o’tildi. Bag’dodda birinchi vazifa ishsizlikni kamaytirish, sanoat zonalaridagi loyihalarni ishga tushirish, investitsiyani oshirish, mahallalarni obodonlashtirish, umuman olganda 2022 yil davomida har bir yo’nalishda salmoqli ishlarni amalga oshirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Yusufjon Xusainov nomzodi Bag’dod tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi va Yusufjon Xusainov Bag’dod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Yusufjon Xusainov 1983 yilda Toshloq tumanida tug’ilgan. 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005 yildan iqtisodiyot tizimida mehnat qilib keladi. 2020 yildan buyon viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2021 yildan beri tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Vosiljon Nazarov boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Sessiyada so’zga chiqqan faollar ham Vosiljon Nazarovning tumanda olib borgan ishlarini yuqori baholadilar va yangi hokimning kelgusi ishlarida omad tilab, hamjihatlikda, birgalikda tumanni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Yangi hokim Yusufjon Xusainov so’zga chiqib, bildirilgan ishonchni oqlash uchun qo’ldan kelgancha harakat qilishga va'da berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram