Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FURQAT TUMANIDA YAQIN KUNLARDA FOYDALANISHGA TOPSHIRILADIGAN O’ZBEKISTON XALQ USTASI MUHAMMADALI YUNUSOVNING USTAXONASI QOSHIDAGI YOG’OCH O’YMAKORLIGI MARKAZIDA 1000 DAN ORTIQ YOSHLAR ISH BILAN TA'MINLANADI

×

 2022-01-31 12:20:18    123

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Furqat tumani Qo’qonboy MFY hududida “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 7 mlrd. so’mlik “Milliy hunarmandchilik yo’nalishida yog’och o’ymakorligi” investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirib, bahorning ilk kunlarida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan ushbu markazda ustaning 1000 dan ziyod shogirdlari doimiy ish o’rniga ega bo’ladi. Yillik 6 milliard so’mlikdan ziyod qo’l mehnatiga asoslangan mahsulot ishlab chiqariladi. 

Usta o’ymakor Muhammadali Yunusov Samarqand shahridagi Doniyor payg’ambar maqbarasida 60 nafar ustazoda shogirdlari bilan 8 qirralik, 8 ustunlik milliy arkli ayvon, Toshkent shahridagi Hazrati Imom masjidi majmuasi ayvon ustunlari, poytaxtimizning Yunusobod dahasida Qatag’on qilinganlar xotirasiga qurilgan muzeyning ustunlarini ham o’ymakor naqshlar bilan bezagan. Poytaxtimizdagi milliy bog’da “Xalq amaliy san'ati” galereyasining aylana ayvon qismi, Samarqandning Hazrati Imom Ismoil Al-Buxoriy majmuasi ayvonlari qurilishi va yurtimizning ko’plab tuman-shaharlaridagi yog’och o’ymakorligi ishlari aynan Muhammadali Yunusovga tegishlidir.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram