Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 205 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


CHO’NG’ARA QISHLOG’IDAGI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI REKONSTRUKTSIYADAN SO’NG FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-05-24 19:02:50    116

PDF yuklash
Chop etish


Rishton tumanining qo’shni Qirg’iziston Respublikasi bilan chegaradosh anklav hududdagi Cho’ng’ara qishlog’ida zamonaviy ko’rinishda qayta barpo etilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti bugun tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Rishton tumani hokimi Sufhonjon Soliyev, jamoatchilik vakillari hamda qishloq ahli ishtirok etishdi.

Barcha qulayliklarga ega zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti 90 o’ringa mo’ljallangan. Yangi muassasada bolajonlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, sog’lom va barkamol etib tarbiyalash uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Ochilish marosimida keksa otaxonlar duoga qo’l ochib, bu yerda ta'lim-tarbiya oladigan bolajonlar yurtimiz taraqqiyotiga munosib xizmat qiladigan yigit-qizlar bo’lib yetishishiga tilak bildirishdi.

O’zbekiston Prezidentining “2021 - 2023 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida mazkur muassasa rekonstruktsiyasi uchun 2 milliard 641 million so’m mablag’ sarflandi.

 2022 yilda viloyat mahalliy byudjetidan Cho’ng’ara hududida yashovchi aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida So’x daryosi qirg’oqlarini damba bilan muhofazalash xarajatlari uchun 2 mlrd. so’m hamda mazkur hududdagi shifokorlar uyi, oilaviy shifokorlar punkti, profilaktika inspektorlari xizmat uyi qurilishi va MFY binosini mukammal ta'mirlash ishlariga 2,1 mlrd. so’m mablag’ ajratildi. Viloyat hokimi bugungi tashrifda damba qurish ishlarining loyihalashtirish jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, bu yerda joylashgan Yigitpirim ziyoratgohida bo’lib, fuqarolar bilan suhbatlar olib bordi. 

Suhbatda cho’ng’araliklar davlatimizning, Prezidentimizning olib borayotgan siyosatidan, fuqarolarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rliklardan mamnun ekanliklarini bildirib, minnatdorliklarini izhor etishdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram