Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 280 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


JAHON CHEMPIONATLARIDA SOVRINDOR BO’LGAN FARG’ONALIK KURASHCHI VA TAEKVONDOCHILAR TANTANALI KUTIB OLINDI

×

 2022-08-02 10:59:16    100

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Samo” sport majmuasida taekvondo va kurash bo’yicha Bolgariya va Italiyada bo’lib o’tgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, medallar bilan uyga qaytgan farg’onalik sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov ishtirok etdi.

Joriy yilning 26-31 iyul kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida sportning taekvondo WTF turi bo’yicha yoshlar va o’smirlar o’rtasidagi Jahon chempionati o’tkazildi. Unda farg’onalik taekvondochilar viloyatimiz tarixida ilk bor medallarga sazovor bo’lishdi.

Jumladan, Dilmurod Ma'rufjonov (33 kg.) kumush medalni, Ahadjon Muxtorov (65 kg. gacha) va Jahongir Hidoyatovlar (65 kg. dan yuqori) bronza medallarni qo’lga kiritishdi.

Bundan tashqari, 25-31 iyul kunlari Italiya poytaxti Rim shahrida bo’lib o’tgan sport kurashlari bo’yicha 17 yoshgacha bo’lgan sportchilar o’rtasidagi Jahon chempionatida farg’onalik erkin kurashchi Xikmatillo Qurbonov 110 kg. vaznda bronza medaliga sazovor bo’ldi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram