Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 495 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA YIL YAKUNIGA QADAR MAKTABGACHA TA'LIM QAMROVI 86 FOIZGA YETADI

×

 2022-08-02 11:39:07    372

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida 2021 yilda 3165 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat olib borgan bo’lsa, bu ko’rsatkich joriy yilda 3234 tani tashkil etdi. Ularning 893 tasi davlat, 106 tasi davlat-xususiy sherikligi asosidagi bog’chalar bo’lsa, qolganlari xususiy va oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan iborat.

Viloyatda mavjud 303 600 nafardan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalarning 243 060 nafardan ziyodi maktabgacha ta'limga qamrab olingan. 2021 yilda Farg’ona viloyatida maktabgacha ta'lim qamrovi 83,6 foizga yetgan bo’lsa, joriy yil yakuniga qadar qamrov ko’rsatkichi 86 foizga yetkazilishi maqsad qilingan. Buning uchun zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bolajonlarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilda investitsiya dasturi doirasida 16 ta va “Obod qishloq" va " Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida 17 ta, jami 33 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilishi belgilangan. Bu ishlar uchun jami 108,1 mlrd.so’m mablag’ sarflanishi ko’zda tutilgan.

Yil yakuniga qadar Farg’ona tumani “Yangi O’zbekiston” massivida 3 ta, Yozyovon tumani “Yangi O’zbekiston” massivida 1 ta va Farg’ona shahridagi “Mustaqilik shaharchasi”da 1 ta hamda Farg’ona shahri “Surxtepa” va “Oqariq” MFYlarda 1 tadan yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari qurilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, So’x tumani "Chashma” MFYda 300 o’ringa ega davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilish ishlarini tashkil etish bo’yicha dastlabki loyiha oldi hujjatlari tayyorlandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram