Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 381 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SUVHIDDIN OTA SHAROFIDDINOV: VATAN RAVNAQIGA HISSA QO’SHGAN INSON ALBATTA, NATIJAGA, SAMARAGA ERISHADI

×

 2022-08-02 12:51:39    155

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning “Xalqlar do’stligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlash to’g’risida”gi farmoniga asosan Co’x tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli Suvhiddin ota Sharofiddinov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Ravon qishlog’ida istiqomat qilayotgan otaxonni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklash uchun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligidagi sektorlar rahbarlari otaxonning xonadonida bo’lib, dildan gurunglashdilar.

– Mehnat va sidqidildan qilingan sa'y-harakat, Vatan ravnaqiga hissa qo’shgan inson albatta, natijaga, samaraga erishadi. Inson halol mehnat qilsagina kamolotga yetadi, hurmat va izzatga sazovor bo’ladi. Bugun mendan baxtli inson yo’q, chunki Prezidentimizning e'tibori tufayli Vatanning ushbu yuksak mukofotiga sazovor bo’ldim. Bu mukofot e'tibor va e'tirof natijasidir. Yoshlarga nasihatim – halol mehnat qiling, albatta, ajrini ko’rasiz, - deydi otaxon. 

Suvhiddin ota Sharofiddinovning asl kasbi - o’qituvchilik. Bir necha yil boshlang’ich sinflar muallimi sifatida faoliyat olib borgan. Hayotining asosiy qismini xalq xizmatiga bag’ishlagan. Nafaqaga chiqqunga qadar mahalla raisi bo’lib ishlagan Suvhiddin ota bugun qarilik gashtini surmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram