Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XO’JANDDA BO’LIB O’TGAN TOJIKISTON MUSTAQILLIGINING 31 YILLIK TANTANALARI O’ZBEK-TOJIK DO’STLIGI BAYRAMIGA AYLANDI

×

 2022-09-10 14:11:08    386

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Tojikistonning So’g’d viloyati markazi Xo’jand shahrida bo’lib o’tgan Tojikiston mustaqilligining 31 yillik tantanalarida ishtirok etdi.

Tadbirda Tojikiston Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Davlatali Said, So’g’d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda, Tojikiston Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ishtirok etdilar.

Birodar tojik xalqini Farg’ona viloyati ahli nomidan bayram bilan tabriklash uchun so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ikki davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodasi natijasida tarixi va taqdiri uyqash, e'tiqodi, madaniyati, urf-odatlari bir bo’lgan o’zbek va tojik xalqlari o’rtasidagi aloqalarda yangi tarixiy sahifalar ochilayotganini qayd etdi. Bu borada ikki mamlakat o’rtasida vizasiz tartib joriy qilingani, ko’plab chegara punktlari ochilgani, har tomonlama hududlararo hamkorlikni rivojlantirish borasida ham katta qadamlar tashlanayotganiga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, Farg’ona va So’g’d viloyatlari o’rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarni kengaytirish ham xalqlarimiz o’rtasidagi do’stlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi. Xayrullo Bozorov o’z so’zini “Barodaroni tojik, Idi istiqlol ba shumo muborak boshad!” deb yakunladi.

Tojikiston Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Davlatali Said, So’g’d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda ham o’z so’zlarida Davlatlarimiz rahbarlarining do’stona munosabatlari hamda har tomonlama aloqalarni rivojlantirishdagi amaliy sa'y-harakatlari azaldan do’st va birodar bo’lib kelgan tojik va o’zbek xalqining o’zaro munosabatlarida yangi davrga asos bo’layotganini qayd etishdi.

Tojikistonlik taniqli san'atkorlar Nigina Omonqulova, Isroil Fazliddinov, so’g’dlik qo’shiqchilar bilan birga viloyatimiz san'at ustalari Abdujalil Qo’qonov, Valijon Qodirov, Muhsin Mo’minov, Sherali Rahmonov, Diyora Muxtorovalar ijrosida yangragan o’zbekcha va tojikcha kuy-qo’shiqlar bayram tantanalarini o’zbek-tojik do’stligi bayramiga aylantirdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram